Plastik masalasi

Assalomu alaykum Shayx xazratlari.Men birovning plastigini XX foizga pul kilib beraman deb olib moshinamga benzin kuyib ishlatsamda unga XX foiz kamaytirib bersam buladimi. Bu erda men foyda kilaman chunki benzin nakdgayam, plastikkayam shu narxda sotiladi. Plastik egasi jon deb rozi buladi.Bir birodarimiz bu ribo deydi. Tugrisi nafsimni kundirolmayapman balkim ribo emasdir.Savol:Kilgan foydam xalolmi?Yoki plastik egasiga menga uzing borib shuncha benzin ober shuncha pul beraman desam tugri buladimi arzonrok kilib. Uniyam xojati bitsin deyman, uzimgayam ozgina bulsayam foyda kolsa deyman.Ollox umringizni ziyoda kilsin, xormay tolmay bizdaylarga tugri yul kursatib turing.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Plastik egasi benzinni olib, sizga ustiga qo‘yib sotsa, bo‘ladi.

6 May 2022, 12:57 | Savol-javoblar | 138 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar