Safarda namoz o‘qish tartibi
Assalomu alaykum! Men chet elda AQShda yashayman va shu erda ishliman. Bu erda fura xaydiman. Ishim xar xil shtatlarga yuk eltish. Shu sababli doim uydan uzoqda, xar xil shtatlarda bo‘laman. Aniq bir muddatda uyga qaytmiman, qachon imkon bo‘lsa yoki biror sabab bo‘lsagina uyga qaytaman. Savolim shuki: 1. meni xolatimda men musofir xisoblanamanmi? Chunki uyga bazida 10 kunda bazida 2 oyda qaytaman. Aniq qaytish muddati yo‘q. Mani xolatimda nomazni qanday o‘qish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Uyingizdan bir chiqishda 86km ni qasda qilib chiqsangiz va borgan joyingizda eng kami 15 kecha-kunduz muqim bo‘lib turmasangiz musofir hisoblanasiz. Shunda namozni qasr qilib o‘qiysiz. Farzni to‘xtab qiyom, qibla kabi farzlarini ado qilib o‘qiysiz. Sunnatlarni xaydovchining yonida to‘g‘ir kelgan tarafga yuzlanib o‘qishingiz mumkin. Siz o‘z vaqtida o‘qing. Musofir holatingizda farz emas, bir joyda eng kami 15 kecha-kunduz turadigan bo‘lsangiz jumaga borishingiz vojib. Azon aytishingiz sunnat. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:36 | Savol-javoblar | 148 | Namoz