Erning ayoliga xaq berishi

Assalomu alaykum! Yoshim 30 da. 2 nafar farzandim bor. Turmush o‘rtog‘imning topishlari yahshi Allohga shukur. Ro‘zg‘orimiz but. Turmush o‘rtogim deyarli har hafta do‘stlari bilan qimmat restoranlarda ovqatlanadilar, o‘zlari uchun pul ayamaydilar. Lekin men pul so‘rasam, urushib ketadilar. Doriga, ayollar uchun kerakli narsalarga so‘rayman, pulim yo‘q deb bermaydilar. Keyin ota-onamdan so‘rashga majbur bo‘laman. Ota-onam meni bollarimni kiyim bilan taminlaydilar. Shu vaziyatda nima qilishim kerak? Turmush o‘rtog‘imni pullaridan o‘zlariga bildirmay olishim joizmi? O‘zlari uchun necha pul bo‘lsayam ishlatadilar. “Ishlashga ruxsat bering” desam unamaydilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bolalaringizga yarashasini bildirmasdan olishingiz joiz. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: قَالَتْ هِنْدٌ أُمُّ مُعَاوِيَةَ لِرَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنَّ أَبَا سُفْيَانَ رَجُلٌ شَحِيحٌ، فَهَلْ عَلَيَّ جُنَاحٌ أَنْ آخُذَ مِنْ مَالِهِ سِرًّا؟ قَالَ: خُذِي أَنْتِ وَبَنُوكِ مَا يَكْفِيكِ بِالْمَعْرُوفِ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Muoviyaning onasi Hind Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Abu Sufyon xasis odam. Uning molidan yashirincha olishim menga gunoh bo‘ladimi?» dedi. U zot: «Sen va bolalaring o‘zingizga kifoya qiladiganini ma’ruf ila olavering», dedilar». Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:00 | Savol-javoblar | 135 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar