Olgan pulim halolmi?

Assalomu alaykum! Men savdogarman, bir ayol xaridor mandan bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti (nasiyaga*) narsalar olgan. Ma’lum bir miqdorini ham to‘lab bo‘lgandan keyin xabar topdimki, u ayol nopok ishlar bilan shug‘ullanar ekan. Undan olgan pulimni allaqachon oila yoki savdo harajatlarim ichiga kirib ketgani uchun ko‘nglimda ancha xiralik paydo bo‘ldi. Bu holatda undan olgan pulimni va qolgan pulimni hukmi qanday? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nopok ayol bo‘lsa savdo yoki biror halol kasbi bo‘lsa olgan pulingizni o‘shandan deb gumon qilasiz. Shariatimiz insonlarni gunoh qilishlaridan tiyish va oxiratini go‘zal bo‘lishi uchun hamma choralarini qo‘llagan. Hatto “nopok yo‘l bilan pul topadigan insonga narsangizni ham sotmang, chunki olgan nopok pulini sizga berganda ham nopok bo‘ladi” deb chora qo‘llagan. Qani hamma insonlar nopok yo‘ldan pul topuvchidan pulini ham olmasa undaylarni adadi kamaygan bo‘lar edi. Ular ham o‘zlari qilayotgan harom ishlaridan jirkanayotgan bo‘lishar edi. Masalan ziyoratgohlarga odamlar borib o‘sha erdagi qabr egalariga atab qo‘y, echki tovuq kabi hayvonlarni so‘yishadi va go‘shtini o‘sha erdagilarga berishadi. Bu ishlardan tiyilish farz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 06:03 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar