taloq haqida(iltimos tezroq javob bersangiz)

Assalomu aleykum shayx xazratlari, biz mo‘minlarning mushkularimizni ozon qilayotganingizdan Allohning o‘zi rozi bo‘lsin. Savolim quyidagicha; Men 21 yoshdaman, turmush qurganimga 3 yil bo‘ldi. Allohga shukur farzandimiz bor. Turmush o‘rtog‘im33 yoshda. Ular bilan 2 yildan beri oramiz yaxshi emas, Erim o‘qimishli dunyo korgan, har sohada juda bilimli inson. Men 18 yoshdaligimda uylanganlar. U paytda hech qaerda oqimas edim va to‘ydan keyin men oqishga kirdim, hozirda universitetda o‘qiyapman. Ammo bu oramizdagi pastu balandlikni yopa olmayapti, Erim ruslashgan Bir rus qiz bilan tanishib qolgan, u bilan juda aloqalari yaxshi, hatto sevishganlardek, balkim rostdan ham sevishar bir birini, va men buni bilib qoldim, ular hatto o‘pishib, quchoqlashib tushgan rasmlarini ham ko‘rdim, va bu qizdan vos kechishini yo‘qsa men u bilan yashamasligimni aytdim, erim esa men bu qizni islomga da‘vat qilyapman Inshiolloh islomga kirg‘azaman shu qizni deyapti, Ammo islomga kirg‘azish bu yo‘l bilan emasku.. Ular nomahram, qilib urgan ishlari esa...Alhamdulillah muslimaman islom ahkomlaridan ozgina bo‘lsa ham havardorligim sababli erim uni islomga kirg‘azib bir ummat ko‘payishini va juda katta savobga qolishini va sunnatga rioya qilib nikohiga olishi mumkinligini aytdi, men esa bunga rozi bola olmayman, ,yoq dedim. "Sen Namoz oqiysan islomni tushunasan Payg‘ambarimizning ham nechta ayollari bo‘lgan, sen unaqa qilishing kerak emas dedi‘ Lekin men Islomga boyin egaman bu shak shubhasiz. ammo nima qilay kundoshlig bilan hayotimni tasavvur qilaolmayman yaxshisi ajrashaman mayli, shu qiz bilan hayotingizni davom ettiring dedim, va biz ajrashishga qaror qildik, faqatgina qiz sababli emas yuqorida atganimdek bizni intelektual darajamiz bir birimizga to‘ri kelmaydi, hatto shu qizni ko‘nglimga yoqib qolganlig sababi, bu sanda yoq narsalarni undan topdim dedilar va biz ajrashishga qaror qildik. Ammo erim bir hadis oqibtilar internetdan; Qaysi bir ayol eridan ajrashishni so‘rasa bu ayol hatto jannatning hidini ham totmaydi, va Erinng boshqa bir ayoliga uylanishini hohlaganida ayoli esa qarshilig qilsa u ham jannatning hidini ham totmaydi, degan manodagi hadis. Biz ajrashayotgan joyimizdan toxtab sizga savol jonatyapmiz, Erimning qilayotgan ishlari, mening qarorlarim haqida, erimning islomga kirg‘azaman degan niyyati bu yo‘l bilan bo‘lishi kerak emasku, mening tutayotgan yo‘lim ham hadisda aytilganidek noto‘g‘rimi? hadis to‘rimi deb savol berayotganim no o‘rindir, lekin iltimos oydinlik kiritib bersangiz, biz faqatgina javob kutyapmiz qarorimizda. oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Eringiz hadis deb aytayotgan matnni so‘zma so‘z va qaerdan olganini, qaysi imom kimdan rivoyat qilganini aniq bildirsin!

27 May 2022, 00:51 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar