Online Pul topish ("IQ OPTION")
Assalomu alaykum! Hozirgi yoshlar orasida va zamon talabiga asosan, internet orqali pul topishning har xil usullari bor, shulardan biri "IQ OPTION". Bu platforma boshqa din vakillari tomonidan 2013 yilda ishlab chiqilgan va hozirda dunyo bo‘yicha eng ishonarli broker hisoblanadi. 1. Bundan qanday pul topiladi: a) har hil valyutalar juftligi, (masalan: AQSh dollar va Rossiya Rubli) qarab oldi-sotdi bo‘ladi. Olib sotish muddati 1 minutdan boshlab oyning oxirigacha belgilash mumkin. 2. Bu qanday bo‘ladi: a) Masalan, Men AQSh/RUBL valyuta juftligida hozirgi narxi 65 rubl bo‘ladigan bo‘lsa (masalan soat hozir 12:00) va keyingi 1 minut ichida ( ya’ni keyingi minut: 12:01) narx tushishini sotib olsam, va shu minutda narx tushsa men yutgan bo‘laman. Agar narx ko‘tarilsa men savdoda yutqazaman. 3. Yutish va yutqizish jarayoni: Shu yuqorida aytganimdeq 1 minutli sotib olishda men eng kami 1 AQSh bilan savdoni boshlashim mumkin, bu erda qancha mablag‘ bilan boshlash bu menga bog‘liq, masalan 1000 AQSh bilan ham savdoni boshlasam bo‘ladi. 4. Qanday foyda olaman: Shu juftlik valyutani, shu kompaniya tomonidan belgilangan miqdordagi foizi bo‘ladi. Misol uchun hozirda (soat 12:00 ) bu valyuta orqali foyda olishni 80% belgilangan. Va men savdoni 100 AQSh dollari bilan boshlasam, va bu savdo men o‘ylagandek 12:01 da 65 rubldan 64.99 rublga tushsa, mening foydam 80 AQSh dollar bo‘ladi. Agar 65.01 ga ko‘tarilsa men savdoga qo‘ygan 100 AQSh dollarimni yo‘qotaman, ya’ni yutqizaman. 5. Qo‘shimcha, bu platformani millionlab odamlar ishlatishadi, bular Islom dini va boshqa din vakillari, bu platformani ochganlar ham boshqa din vakillari. Bu kompaniya, Islom dinidagi savdogarlarni hisobga olib, ular uchun maxsus islomiy profil tashkil qilishgan, bu profil qanday: bu erda savdoni boshlash uchun qo‘shimcha foizlar ushlab qolinmaydi, Islom dinidagi profillar orqali hech qanday foizlarsiz ehson qilish mumkin. 6. Qanday savdo-sotiq qilinadi: albatta har bir savdoda o‘zini uslublari va qoidalari bo‘lgani kabi, bu onlayn pul topishda ham o‘zini strategiyalari va o‘rganadigan qoidalari bor. Savdoni 2 xil qilishi mumkin, misol uchun shu strategiyalar va qoidalar asosida o‘zini fursati kelganda savdoga kirishadi, yoki shundoq osongina keyingi 1 minutli taxminan faraz qiladi. 7. Bu IQ Optionning Forex dan farqi nima: Forexda savdogarlar xohlasa vaqtni belgilaydi, xohlamasa yo‘q. Chunki bunda savdogarning mablag‘iga qarab savdo qilinadi, ya’ni agar mening hisobimda 1000 AQSh dollar bo‘lsa, shuning 1 AQSh dollarini, qaysidir valyuta juftligini narxi ko‘tarilishiga savdoni boshlasam, har bir tepaga chiqqaniga 1 AQSh dollar qo‘shilib boriladi (misol uchun: AQSh dollar va rublning hozirgi narxi 65 rubl, va sotib olishim ham shu nuqta, va bu 65.50 rubl bo‘lsa 1 dollarlik savdo uchun foyda 50 dollar bo‘ladi. Bunda agar teskarisi bo‘lsa, ya’ni 64.50 rublga narx tushsa, zarar 50 dollar bo‘ladi). Lekin IQ OPTION da, faqat bitta miqdordagi foiz belgilanadi. Narx qanchaga oshadi tushadi, savdo boshlangan narxda yutkazilib, belgilangan foizdagi foydani oladi. 8. Bunday ko‘p yozganimning sababi O‘zbekistondagi ko‘plab yoshlar bu platformadan foydalaniladi. Bu halolmi? Shubha emasmi? Shunday platformada pul topsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz bu ish bilan shug‘ullanmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:02 | Savol-javoblar | 172 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz bu ish bilan shug‘ullanmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:02 | Savol-javoblar | 172 | Halol va harom