Onam va ayolim o‘rtasidagi kelishmovchilik
Assalomu alaykum! Uylanganimga 5 yil bo‘ldi, bitta farzindim bor va xozirgi kunda ayolim xomilador. Moliyaviy ahvolim o‘rtacha darajada. Oilada Onam men ayolim va farzandim yashaymiz. Menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishingizni so‘rayman. Ya’ni Onam va ayolimni o‘rtasida juda ko‘p kelishmovchilik bo‘lmoqda, Onam menga ayoling meni hurmat qilmaydi, qovog‘ini solib gapirmay yuraveradi, opa singillaring kelsa chiroyli kutib olmaydi va ayyor deydilar. O‘z o‘rnida ayolim ham Onamni uni boshqalarga yomonlashda, va boshqa mayda chuyda gaplar bilan yomonlaydi. Torozi pallasini to‘g‘ri ushlash meni qo‘limda ekanligini bilganim uchun ham gap so‘zlarga ortiqcha e’tibor bermaslikka vaziyatni chigallashtirmaslikka xarakat qilaman. Biroq ohirgi paytlarda hammasi izdan chiqmoqda. Sabrning jam adog‘i bo‘ladi. Iltimos to‘g‘ri yo‘l ko‘satinglar. Men qanday yo‘l tutay. Shu holatda ayolim bilan ajrashsam gunoxkor bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida eri yo‘q ayol ko‘proq o‘g‘liga bog‘lanib qoladi. Bu juda ko‘p oilalarda kuzatilgan holat. Turmush qurishining imkoni bo‘lsa turmush qurgani afzal. Sizlar qarshilik qilmasligingiz kerak. Bu narsa tajriba orqali ham juda ko‘p sinab ko‘rilgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush