To‘yxona qurish

Assalomu alaykum! Xudo xohlasa to‘yxona qurmoqchiman. Ichmayman, chekmayman. Shu narsalarga qarshiman. Bunga qarshi bo‘lsam ham, “ichish-chekish mumkinmas” deb ogohlantirib yozib qo‘ysam. Shunda ularni gunohi menga ham bo‘maydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz gunoh qilinmasligini hamma taraflama choralarini ko‘rsangiz, sizdan yashirib qilinsa sizga gunoh bo‘lmaydi. Ammo bilib tursangiz, albatta sheriksiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:05 | Savol-javoblar | 207 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar