Shunday qilish mumkinmi?

Yoshim 40da ayolimniki esa 36 da. 3ta farzandimiz bor. Uchinchi farzandimdan keyin ayolimning sog‘ligi ko‘tarmasdan yana 3ta homila nobud bo‘ldi. Hozircha homilani to‘sadigan vositalardan foydalanganimiz yo‘q. Shifokorlarning aytishicha ayolimning yoshi o‘tgani uchun va yana immuniteti pastligi uchun homila bo‘lishi qiyin emish. Immunitetni tiklash uchun bir necha bor davolatdim, foydasi bo‘lmadi. Yana ayolimning yuziga bir narsalar toshadigan kasali bo‘lib, bu oshqozoni kasalligidan ekan. Buni ham davolatdim. Oshqozoni tuzaldi, lekin yuzidagi toshmalar to‘xtamayapti. Bu ham imunitetni pastligi va garmonlar etishmasligidan ekan. Immunitetni ko‘tarish uchun yana bir yo‘l bor emish. U bachadonga qandaydir ukol qilsa, garmonlari ko‘tarilib, immuniteti joyiga tushar ekan va ayolimning kasalliklarini shunda davolash mumkin ekan. Lekin o‘sha ukoldan keyin ayolim boshqa qaytib tug‘mas ekan. Shu ukolni qilish shar’an joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bir necha, kamida uchta shifokor bilan alohida-alohida bir-biriga bildirmay maslahat qilish kerak. Ular bir xil gap aytsalar, keyin o‘zlaringiz ixtiyor qilasizlar.

1 May 2022, 14:41 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar