Nomozni ishonmaslik

Assalomu alaykum! Maktabda o‘qiyman. Namoz o‘qimoqchiman. Sinfdoshimga (qiz) “sen ham namoz o‘qi”, desam “men unaqa narsalarga ishonmayman”, deydi. “Namoz o‘qimagan do‘zaxga tushadi”, desam “tushsam tushipman”, dedi. Bu qizga qanaqa yo‘l tutish kerak? Nima uchun televizorlarda terroristik guruhlarga qo‘shilib ketadiganlarni terrorchilarni ko‘p ko‘rsatadilar? Ko‘plar buni ko‘rib namoz o‘qishga qo‘rqadilar. Namoz o‘qish haqida chiroyli bir kino ko‘rsatsa bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz avval yaxshilab bilim oling. Dinga chaqirishda bilim bo‘lishi shart. Boshqalarni dinga muhabbat qiladigan uslubda da’vat qilish lozim. Kitobini, shariatini o‘zgartirgan qavmlar haqida Alloh taolo oqibati xunuk bo‘lishini aytgan. Undanda battarrog‘i Robbisini qo‘yib o‘zlari yasab olgan butlarga sig‘inuvchilardir. Undan ham battarrog‘i mutlaqo dinsiz bo‘lganlardir. Ular o‘ta xatarli va subtsiz insonlar bo‘lishadi. Chunki butga sig‘inadigan ham butidan zarar etib qolishidan qo‘rqadi. Mutlaqo dinsizlar esa, bu dunyoda yashab olsam bo‘ldi, oxirati nima bo‘lsa ham bo‘laversin deydi. Ular uchun halol-harom degan chegara ham, birovning haqqi degan chegara ham, buni bir kun javobini beraman degan narsadan ham qo‘rqmaydi. Eng yomon tomoni ularda bir vaqtlar komunistlarda g‘oyaga sadoqat degan narsa ham yo‘q. Ularda yagona “Yashab qolsam bo‘ldi” degan fikr bor. Unday fikrdagilar yashash uchun hamma narsaga tayyor bo‘ladi. Alloh taolo “A’rof” surasida marhamat qiladi:  وَلَقَدْ ذَرَأْنَا لِجَهَنَّمَ كَثِيرًا مِّنَ الْجِنِّ وَالإِنسِ لَهُمْ قُلُوبٌ لاَّ يَفْقَهُونَ بِهَا وَلَهُمْ أَعْيُنٌ لاَّ يُبْصِرُونَ بِهَا وَلَهُمْ آذَانٌ لاَّ يَسْمَعُونَ بِهَا أُوْلَئِكَ كَالأَنْعَامِ بَلْ هُمْ أَضَلُّ أُوْلَئِكَ هُمُ الْغَافِلُونَ۝ 179. Batahqiq, jahannam uchun ko‘plab jin va inslarni yaratib qo‘ydik. Ularning qalblari bor-u, u bilan anglamaslar. Ko‘zlari bor-u, u bilan ko‘rmaslar. Quloqlari bor-u, u bilan eshitmaslar. Ana o‘shalar chorvalar kabidirlar. Balki yanada adashganroqdirlar. Ana o‘shalar – o‘zlari g‘ofillardir.
Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Ochiq xat” kitoblarini olib o‘qing. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:05 | Savol-javoblar | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar