Qalbingizga quloq soling
Assalomu alaykum! 1). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir imomdan fatvo olsangiz xam, qalbingizga quloq soling..... degan ma’nodagi xadislari bormi? 2). Alloh qalblaringizga qaraydi degan manodagi xadisni xam, odamlar noto‘g‘ri tushunmoqdalar. Ya’ni namoz o‘qimasam xam, aroq ichsam xam, ro‘mol o‘ramasam xam Alloh qalbimda, Alloh qalblarimizga qaraydi deyishmoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U qalbi pokiza va harom-halolni ajratadigan insonlar haqida aytilgan. Xohlaganiga fatvo chiqmasa o‘sha xohlaganini qiladiganlar uchun emas. Har bir narsaning alomati bo‘ladi, erimni sevaman deb boshqasi bilan yuradigan ayolning gapi yolg‘on bo‘lganidek Allohni sevaman deb nafsi aytganini qiladigan, Allohning farzlarini tark qilib haromlarga qo‘l uradiganlar o‘sha ayolga o‘xshaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:05 | Savol-javoblar | 168 | Hadislar