Munajjim kitobiga ishonish
Assalomu alaykum! Sizlar iltimosim shuki Onamning dugonalari dinimizga to‘g‘ri kelmaydigan maslahatlarni berishyapti. Ya’ni o‘g‘il farzandlarizga qizlarning munajjimini bilib uylantiring deb. Bu narsa adashmasam shirk hisoblanadi shundaymi? Onamga tushuntirdim, eshiting lekin amal qilmang hammani jufti kim bilan va qachon bo‘lishini yolgiz Robbimga ayon dedim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘g‘ri aytasiz. Avvalda Fir’avnga o‘xshab erkaklar xudolikni da’vo qilsa hozirgi kunda kampirlar da’vo qiladigan bo‘lib olishdi. Ular kimlarnidir baxtini ochib yoki berkitishni da’vo qiladigan bo‘lishdi. Alloh g‘aybda qilgan taqdirni ham bilamiz deb da’vo qilishmoqda. Bu bir jihatdan xudolikni da’vo qilish hisoblanadi. Unaqalarni huzuriga borganlar esa oxiratidan qo‘rqsinlar. Ular g‘aybdan biror narsani bilsalar huzuriga keluvchilarni ataganlariga tilanib o‘tirishmagan bo‘lishar edi. Gapi o‘tadigan odamlarga aytib nasihat qildiring. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:02 | Savol-javoblar | 140 | Ayollarga oid masalalar