Mayyit haqqiga tilovat
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, masjidimizda tortishuv bo‘lib qoldi. Bir kishi janozani ertasiga fotixaxonlik, jamoa bo‘lib boraylik savob bo‘ladi desa, biri aytdi shart emas dedi. Vaxolanki ikkisi xam janozaga borgan emas ekan, chunki xabar kelgan emas. Xullas xech kim bormadi. Yana xato qilmasligimiz uchun qanday maslaxat berasizlar. Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! TA’ZIYa BILDIRIShالتَّعْزِيَة so‘zi عَزَّى fe’lining masdar shakli bo‘lib, lug‘atda ko‘nglini olmoq, sabr hissini uyg‘otmoq ma’nolarini bildiradi. Istilohda esa mayyit egalari bo‘lmish musibatzadalarni tinchlantirib, ularga sabr qilganga katta ajrlar va’da qilinganini eslatib tasalli bermoqdir. HUKMI Musibatzadalarga ta’ziya bildirish mustahab amallardandir. عَنْ عَبْدِ اللهِ عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: مَنْ عَزَّى مُصَابًا فَلَهُ مِثْلُ أَجْرِهِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَالْحَاكِمُ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Kim musibatdagi odamga ta’ziya izhor qilsa, unga o‘sha musibatzadaga berilgan ajrcha ajr beriladi”, dedilar”.
Termiziy, Ibn Moja va Hokim rivoyat qilishgan.
Musibatzadalarning kattalariyu kichiklariga, erkagu ayollariga ta’ziya bildirilishi joiz, lekin ayollariga maxramlarigina ta’ziya bildirishlari fitnadan holiroqdir. TA’ZIYa VAQTITa’ziya bildirishga afzal vaqt mayyitni dafn qilib bo‘lgandan so‘ngdir. Chunki undan oldin mayyit egalari dafn ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladilar, qolaversa, ularga mayyitdan ajraganliklarining hissi dafndan keyin kuchliroq bo‘ladi. Bu payt esa ayti sabrga chaqirish, bardoshli bo‘lishga undash vaqtidir. Sunnat bo‘yicha, xoh dafndan oldin, xoh dafndan keyin bir marta ta’ziya izhor qilinsa bo‘ldi.
Ta’ziyani har joyda bildirish mumkin. Hozirgi kundagidek Mayyit egalari ta’ziyaga kelganlarni kutib olish uchun mayyit chiqqan honadonning eshigi oldida o‘tirishlari boshqalar o‘tadigan yo‘lda bo‘lmasligi maqsadga muvofiqdir. Zero, hanafiy mazhabi ulamolari gunohdan holi bo‘lgandagina eshik oldida o‘tirishga ruxsat berganlar.
Alloh sabr bersin, ajr-savobli qilsin, o‘lganni Alloh rahmatiga olsin kabi lafzlar bilan ta’ziya bildiriladi.
Ta’ziya bildirish lafzlari
“Al-Javharotun nayyiroh” kitobida ta’ziya quyidagicha bildiriladi. عَظَّم الله أجرك ، وأحسن عزاءك ، وغفر لميتك ، وألهمك صبراً ، وأجزل لنا ولك بالصبر أجرا “Alloh ajringizni ziyoda qilsin”, “Azangizni chiroyli o‘tishini nasib qilsin”, “Mayyitingizni mahfirat qilsin”, “Sizga sabr bersin”, “Sabr evaziga bizning va sizning ajringizni ziyoda qilsin” deyilgan. أُسَامَةُ بْنُ زَيْدٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: أَرْسَلَتِ ابْنَةُ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِلَيْهِ إِنَّ ابْنًا لِي قُبِضَ فَائْتِنَا. فَأَرْسَلَ يُقْرِئُ السَّلَامَ وَيَقُولُ: «إِنَّ ِللهِ مَا أَخَذَ وَلَهُ مَا أَعْطَى، وَكُلٌّ عِنْدَهُ بِأَجَلٍ مُسَمًّى، فَلْتَصْبِرْ وَلْتَحْتَسِبْ». فَأَرْسَلَتْ إِلَيْهِ تُقْسِمُ عَلَيْهِ لَيَأْتِيَنَّهَا، فَقَامَ وَمَعَهُ سَعْدُ بْنُ عُبَادَةَ وَمُعَاذُ بْنُ جَبَلٍ وَأُبَيُّ بْنُ كَعْبٍ وَزَيْدُ بْنُ ثَابِتٍ وَرِجَالٌ، فَرُفِعَ إِلَى رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الصَّبِيُّ وَنَفْسُهُ تَتَقَعْقَعُ - قَالَ حَسِبْتُهُ أَنَّهُ قَالَ - كَأَنَّهَا شَنٌّ. فَفَاضَتْ عَيْنَاهُ. فَقَالَ سَعْدٌ: يَا رَسُولَ اللهِ، مَا هَذِهِ؟ فَقَالَ: «هَذِهِ رَحْمَةٌ جَعَلَهَا اللهُ فِي قُلُوبِ عِبَادِهِ، وَإِنَّمَا يَرْحَمُ اللهُ مِنْ عِبَادِهِ الرُّحَمَاءَ Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumo so‘zlab berdi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qizlari u zotga: «O‘g‘lim jon taslim qilyapti, biznikiga keling», deb odam yubordi. U zot sollallohu alayhi vasallam salom aytib: «Albatta, olgani ham Allohnikidir, bergani ham Unikidir. Har bir narsa Uning huzurida belgilangan ajali bilandir. Sabr qilsin va savob umidida bo‘lsin», deb odam yubordilar. U esa qasam ichib, «Albatta kelsinlar», deb yana odam yubordi. U zot turdilar. U zot bilan birga Sa’d ibn Uboda, Mu’oz ibn Jabal, Ubay ibn Ka’b, Zayd ibn Sobit va bir qancha kishilar ham turishdi. Bola Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘tarib olib kelinganda uning joni po‘k-po‘k qilar edi. – Menimcha, «xuddi eski meshga o‘xshab», dedi – U zotning ko‘zlaridan yosh quyildi. Shunda Sa’d: «Ey Allohning Rasuli, bu nima?» dedi. U zot: «Bu Allohning bandalari qalbiga solgan rahmatdir. Alloh rahmli bandalarigagina rahm qiladi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).
Ushbu hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Albatta, olgani ham Allohnikidir, bergani ham Unikidir. Har bir narsa Uning huzurida belgilangan ajali bilandir. Sabr qilsin va savob umidida bo‘lsin» dedilar va ummatga ham bunday vaqtda shu so‘zlarni aytishni ta’lim berdilar. Xalq ichida “Allohga kerak ekan olibdi” degan so‘z aytiladi. Bu noto‘g‘ridir, chunki bunda Alloh unga muhtojdek degan narsani shubhasi bor. Alloh taolo esa as-Somaddir, ya’ni hamma Unga muhtoj U zot esa hammadan behojatdir. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:05 | Savol-javoblar | 164 | Duolar