Shayton gunohlarni eslatganda
Assalomu alaykum! Uztozlar, yaqindan ibodatga kirib barcha gunox ishlarimdan astoydil Allohimga tavbadaman o‘zimni butunlay yaxshi tarafga o‘zgartirdim. Allohim qalbimni ochganiga bexisob shukr. savolim shuki ko‘pincha xursand bo‘lib ibodatga kirib yoki xursandchilik paytda xayolimga ichimdan bir narsalar, oldingi qilib qo‘ygan xatolarimni eslatib tushkunlikka tushuraveraman yomon gumonlar keladi. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu shaytonning vasvasasi. Siz astoydil tavba qiling va hayotingizni davom ettiring. Gunohga tavba qilgandan keyin esga tushsa istig‘for aytish kerak. Astoydil tavba qilgandan keyin ezilaverish kerakmas. Bu Alloh taoloning G‘affor sifatini mensimaslikka kiradi. Inson chin dildan bir bora tavba qilsa, albatta Alloh taolo uning gunohini kechiradi. Chunki Qur’oni Karim va hadis shariflarda, tavba qiluvchining gunohi kechirilishi haqida Alloh taolo va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va’da berganlar. Alloh taolo va’dasiga xilof qiluvchi Zot emas. Chin dildan tavba qilgandan keyin gunohini eslab ezilaverish Alloh taoloning “G‘affor” ya’ni o‘ta mag‘firatli ekanligini qadrlamaslik bo‘ladi. Siz ulug‘ bir insonning oyog‘ini bosib olsangiz va chin dildan, samimiy kechirim so‘rasangiz, u kishi kechirishini aytsa, siz yana qayta-qayta kechirim so‘raverishingiz u kishining o‘ta kechirimsiz, ginachi va pastkashga chiqargan bo‘lasiz. Qolaversa shayton Odam alayhissalomga dushman bo‘ldi va qiyomatgacha keladigan farzandlaridan qasos olishga qasam ichdi.
Alloh taolo “Sod” 82-83-oyatlarida marhamat qiladi : قَالَ فَبِعِزَّتِكَ لَأُغْوِيَنَّهُمْ أَجْمَعِينَ إِلَّا عِبَادَكَ مِنْهُمُ الْمُخْلَصِينَ 82. U: «Sening izzating ila qasamki, men ularning barchasini yo‘ldan ozdirajakman.
83. Ulardan tanlangan bandalaringgina mustasno», – dedi.
Iblis Alloh taoloning izzati ila qasam ichib, Odam bolalarini qiyomat kunigacha ig‘vo qilishni qasd etdi. Shu bilan birga, Allohga ixlos qilgan, Alloh taolo tanlab olgan bandalarga ig‘vosi ta’sir qilmasligini ham aytib qo‘ydi. Insonni shaytonning ig‘vosidan saqlovchi qalqon uning Allohga ixlos bilan ibodat qilishidir. Allohga ixlos bilan ibodat qilmaganlar esa iblisning ig‘vosiga uchrashi turgan gap. Iblisning ig‘vosiga uchganlarning oqibatini Alloh taolo o‘sha paytdayoq e’lon qilib qo‘ygan. ("Tafsiri Hilol" kitobidan).
Shaytonning tabiati xuddi jirkanch bir kishiga siz tarafingizdan bir xatolik o‘tsa, u hadeb sizni aybingizni yuzingizga solib, ezib tushkunlikka tushirgani kabidir. Siz bunga hech parvo qilmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:16 | Savol-javoblar | 159 | Islam