Farishtalar inson ko‘ziga ko‘rinishi mumkinmi?
Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Alloh umrini ziyoda qilsin onam 5 vaqt namoz va Qur’on o‘qiydilar. 3 oycha avval menga bir suxbatimizda aytdilarki, men ba’zi joylarga borsam yoki ba’zi uylarga kirsam masalan, qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar va hokazo o‘sha erda farishtalar bor-yo‘qligi bilinadi. Ular elkalarida qanoti bor yosh bolalar shaklida menga ko‘rinadi dedilar. Savolim shundan iboratki, onamning ko‘ziga ko‘rinayotganlar haqiqatda farishtalarmi? Umuman farishtalar inson ko‘ziga ko‘rinishi mumkinmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ular yuzga-yuz farishtalar emas. Onangiz namoz o‘qish, Qur’on o‘qish bilan birga e’tiqodiy masalalarni ham o‘rganishga harakat qilsinlar. Onangiz aytgan siymolar nasorolarning ibodatxonasida chizilgan siymolardir. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 00:17 | Savol-javoblar | 143 | Islam