shafoat xakida

Allox xak subxanaxu va ta‘alodan uzim uchun tilagan narsalarni ziyodasini sizga xam tilayman. Sizdan uzr suragan xolda bir narsa xakida surashga ijozat bersangiz.;Bizni ta’limotimiz va e’tikodimizga muvofik kim sunnatga amal kilsa inshaallox jazo kunida sunnat egasining shafoatiga erishadi.Aksi bulsa,ya’ni sunnatni tark kilgan odam shafoatdan benasib koladi.Va bu xakda xadis xam eshitgan edim,ammo kitobda roviy zikr kilinmagan ekan.Kuni kecha bir odam shu gapni aytishimiz durust emas ekan deb raddiya izxor kilib bizni uylantirib kuydi. Sizdan iltimos shu masalaga oydinlik kiritib,shafoat xakidagi bizni tushunchamizni tiniklashtirib bersangiz. Javobingiz uchun oldindan raxmat. Sizga xurmat bilan abulyasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu haqda Ahli Sunna val jamoa aqiydaviy ‎mazhabining asosiy kitoblaridan bo‘lmish “Aqoidi ‎Tohaviya”ning sharhida quyidagilar aytiladi:‎‎“Xabarlarda rivoyat qilinganidek ular uchun ‎saqlab qo‘yilgan shafoat haqdir.Sharh: Shafoat, lug‘atda boshqa birovga qo‘shilib, unga ‎yordam berish va yonini olib, biror narsani uning uchun ‎so‘rashdir. Ko‘pgincha, shafoat, martabasi va hurmati yuqori ‎shaxsning o‘zidan past odamning tarafini olib unga ‎qo‘shilishiga iste’mol qilinadi. Qiyomatdagi shafoat ham ‎shundandir. («al-Mufradot fi g‘ariybul Qur’on» 263 s.) ‎Shafoatchi o‘zini, shafoat qilinadigan shaxsga unga ‎yordam berish va uning uchun bir narsani tilash uchun, ‎qo‘shadi. Shuningdek, Allohning huzurida shafoat ‎beruvchilar ham, gunohkorlarga ko‘mak beradilar.‎ ShAFOATNING TURLARI‎‎1. Birinchi shafoat.‎Bu ulug‘ shafoat bo‘lib, barcha payg‘ambar sollallohu ‎alayhi vasallamlar ichidan Payg‘ambarimiz sollallohu ‎alayhi vasallamning o‘zlariga xos qilingandir. Buning ‎dalili, Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyat qilgan ‎‎«ulkan shafoat» hadisidir. ‎‎2. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning, ‎yaxshiliklari va yomonliklari barobar bo‘lib qolgan ‎odamlarni jannatga kirishlari uchun shafoat qilishlari. ‎‎3. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning, ‎boshqa bir, do‘zaxga amr qilingan odamlarni unga ‎kirmasliklari uchun shafoat qilishlari. ‎‎4. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ‎jannatga kirgan odamlarning amallari savobi taqozo ‎qilgan darajadan yuqori darajaga ko‘tarish uchun shafoat ‎qilishlari. ‎‎5. Ba’zi qavmlarni jannatga hisobsiz kirishlari ‎haqidagi shafoat. ‎Bu qismga dalil Ukosha ibn Musoning hadisidir. ‎Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga duo ‎qilib, Alloh uni jannatga hisobsiz kiradigan etmish ‎ming kishilardan qilishini so‘raganlar. (Buxoriy, ‎Muslim). ‎‎6. Azobga sazovor odamlardan azobni engillatish uchun ‎shafoat. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallaning ‎amakilari Abu Tolibning azobini engillatish haqidagi ‎shafoatlariga o‘xshash. (Muslim Abu Sa’id al-Xudriy ‎roziyallohu anhudan rivoyat qilgan). ‎‎7. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ‎barcha mo‘minlarga jannatga kirish izni berilishini ‎so‘rab qiladigan shafoatlari. Imom Muslim Anas ibn ‎Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadis bunga ‎dalildir. ‎Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: ‎‎«Men jannat haqidagi birinchi shafoatchiman»-‎deganlar. Ya’ni, odamlarning jannatga kirishlari uchun, ‎deganlari. ‎‎8. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o‘z ‎ummatlaridan gunohi kabira qilganlariga shafoat ‎qilishlari. Shafoatning ushbu turi haqidagi hadislar ‎ko‘pdir. Ushbu turdagi hadislardan biri: ‎Anas ibn Molik roziyallohu anhuning hadislari ‎bo‘lib, unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: ‎‎«Shafoatim ummatlarimdan ahli kaboirlar (gunohi ‎kabira qilganlar)gadir», deydilar. (Imom Ahmad).‎Ushbu sakkiz tur Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi ‎vasallamga va shafoat qilinuvchiga nisbatandir. ‎Endi shafoat shafoatchiga qarab ham sakkiz turli ‎bo‘ladi: ‎‎1. Anbiyo alayhissallomlarning ummatlariga ‎shafoati. ‎‎2. Farishtalarning gunohkorlarga shafoati.‎‎3. Kichik bolalarning ota-onasiga shafoati. ‎‎4. Allohning yo‘lida shahid bo‘lganning o‘z ahlidan ‎etmish kishiga shafoati. ‎‎5. Qur’onni yod olgan kishining ahli baytiga shafoati. ‎‎6. Mo‘minlarning bir-birlari haqidagi shafoati. ‎‎7. Qur’oni karimning o‘z qorisiga shafoati. ‎‎8. Ro‘zaning ro‘zadorga shafoati. ‎Dalil: quyidagi oyatlar: ‎‎1. «U zotning huzurida shafoat beradigan, faqat ‎Uning izni ila bo‘lur». (Baqara: 255). ‎‎2. «U zot ishning ta’birini qilur. Hech bir shafoatchi ‎yo‘q. Magar Uning iznidan so‘ng bo‘lur». (Yunus: 3) ‎‎3. «Shafoatga molik bo‘lmaslar. Magar Rahmon ‎huzurida ahd olgangina bo‘lur». (Maryam: 87) ‎‎4. «O‘sha Kunda shafoat naf bermas. Magar kimga ‎Rahmon izn bersa va uning gapirishiga rozi bo‘lsa (naf ‎berur)». (Toha: 109) ‎‎5. «Va shafoat bermaslar, magar kimga rozi bo‘lsa ‎‎(berurlar). Ular Robbilaridan qo‘rqqan hollaridadir». ‎‎(Anbiyo: 28) ‎‎6. «Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalarning ‎shafoatlari hech bir narsani aritmas. Magar Alloh ‎xohlagan va rozi bo‘lgan odamga izn bergandan keyingina ‎‎(aritar)». (Najm: 26) ‎‎7. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: ‎‎«Bas Alloh taolo: «Farishtalar shafoat berdi. ‎Nabiylar shafoat berdi. Mo‘minlar shafoat berdi. ‎Arhamur Rohiymiyndan boshqa hech kim qolmadi», deydi. ‎So‘ngra do‘zaxdan bir siqim oladi va undan hech bir ‎yaxshilik qilmagan odamlarni chiqaradi», degan ‎hadislari.(Muslim Abu Sa’id al-Xudriy roziyallohu ‎anhudan rivoyat qilgan). ‎‎8. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ‎shahidning olti xislatini bayon qilgan hadislari ‎oxirida: «Va o‘z qarindoshlaridan etmish kishiga shafoat ‎beradi», deyilgan. (Termiziy va Ibn Moja). ‎‎9. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: ‎‎«Albatta, mening ummatimdan ko‘pchilikka shafoat ‎beradiganlar, qabilaga shafoat beradiganlar, ota tomon ‎qarindoshlarga shafoat beradiganlar, va bir kishiga, toki ‎jannatga kirishlari uchun shafoat beradiganlar bor», ‎deganlar. (Termiziy). ‎‎10. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ro‘za va ‎Qur’on bandaga shafoat beradilar»-deganlar. (Bayhaqiy ‎‎«Shuabul Iymon»da rivoyat qilgan). ‎‎11. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta ‎‎«Siqt»-(balog‘atga etmay o‘lgan bola) ota-onasini do‘zaxga ‎kirgazgan chog‘da Robbisi ila tortishadi. Shunda unga: «Ey ‎Robbisi ila tortishuvchi bola, ota-onagni jannatga ‎kirit», deyiladi», deganlar. (Ibn Moja). ‎

28 Aprel 2022, 00:17 | Savol-javoblar | 156 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar