Bachadon og‘zini tikib qo‘yish

Assalomu alaykum! https://savollar.islom.uz/s/60155 - ushbu joyda "Shar’iy zaruratsiz butunlay tug‘maydigan qilib bachadon og‘zini tikib qo‘yish shar’an joiz emas" degan javobni o‘qidim. "Shar’iy zaruratsiz" - deganda nimani tushunish mumkin? Agar "shar’iy zarurat" bo‘lganda-chi, bachadon og‘zini tikib qo‘yishga ruxsat berilganmi? Agar, umuman ruxsat yo‘q bo‘lsa, bachadon og‘zini tiktirib qo‘yganlar nima qilishi kerak, hukmi nima bo‘ladi (chunki yaqin opam shunday qilib qo‘yganlar)?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ruxsat berilmagan. Bachadonda zararli o‘simtalar bo‘lib olib tashlashga majbur bo‘ladigan holatlar va yana mutaxassis, birovni masalasida xiyonat qilmaydigan mohir do‘xtirlarning xulosasi kabi bo‘lsa va tikishga ehtiyoj tushsa tikishi mumkin. Undan boshqa holatda ruxsat yo‘q. Tkikb qo‘yilgan bo‘lsa, tavba qilsin va istig‘forda davomli bo‘lsin. Alloh taolo “Niso” surasida marhamat qiladi :  لَّعَنَهُ اللّهُ وَقَالَ لَأَتَّخِذَنَّ مِنْ عِبَادِكَ نَصِيبًا مَّفْرُوضًا۝
 وَلأُضِلَّنَّهُمْ وَلأُمَنِّيَنَّهُمْ وَلآمُرَنَّهُمْ فَلَيُبَتِّكُنَّ آذَانَ الأَنْعَامِ وَلآمُرَنَّهُمْ فَلَيُغَيِّرُنَّ خَلْقَ اللّهِ وَمَن يَتَّخِذِ الشَّيْطَانَ وَلِيًّا مِّن دُونِ اللّهِ فَقَدْ خَسِرَ خُسْرَانًا مُّبِينًا
۝ 118. Alloh uni la’natladi. (U esa) dedi: «Qasamki, bandalaringdan ma’lum nasibani olajakman.
119. Va ularni adashtiraman, xom xayollariga solaman, ularga amr qilsam, chorvalarning quloqlarini kesarlar va ularga amr qilsam, Allohning yaratganini o‘zgartirarlar». Kimki Allohni qo‘yib, shaytonni do‘st tutsa, batahqiq, ochiq-oydin ziyon ko‘ribdi. 
عَنْ عَلْقَمَةَ، عَنْ عَبْدِ اللهِ قَالَ: لَعَنَ اللهُ الْوَاشِمَاتِ، وَالْمُوتَشِمَاتِ، وَالْمُتَنَمِّصَاتِ، وَالْمُتَفَلِّجَاتِ لِلْحُسْنِ الْمُغَيِّرَاتِ خَلْقَ اللهِ. فَبَلَغَ ذَلِكَ امْرَأَةً مِنْ بَنِي أَسَدٍ يُقَالُ لَهَا أُمُّ يَعْقُوبَ، فَجَاءَتْ فَقَالَتْ: إِنَّهُ بَلَغَنِي أَنَّكَ لَعَنْتَ كَيْتَ وَكَيْتَ. فَقَالَ: وَمَا لِي لَا أَلْعَنُ مَنْ لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَمَنْ هُوَ فِي كِتَابِ اللهِ. فَقَالَتْ: لَقَدْ قَرَأْتُ مَا بَيْنَ اللَّوْحَيْنِ فَمَا وَجَدْتُ فِيهِ مَا تَقُولُ. قَالَ: لَئِنْ كُنْتِ قَرَأْتِيهِ لَقَدْ وَجَدْتِيهِ، أَمَا قَرَأْتِ  وَمَا آتَاكُمُ الرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَاكُمْ عَنْهُ فَانتَهُوا قَالَتْ: بَلَى. قَالَ: فَإِنَّهُ قَدْ نَهَى عَنْهُ. قَالَتْ: فَإِنِّي أَرَى أَهْلَكَ يَفْعَلُونَهُ. قَالَ: فَاذْهَبِي فَانْظُرِي. فَذَهَبَتْ فَنَظَرَتْ فَلَمْ تَرَ مِنْ حَاجَتِهَا شَيْئًا، فَقَالَ: لَوْ كَانَتْ كَذَلِكَ مَا جَامَعَتْنَا  Alqamadan rivoyat qilinadi:
«Abdulloh: «Vashm* qiluvchi, vashm qildiruvchi, qosh terdiruvchi va husn uchun tishining orasini ochdiruvchi ayollarni – Allohning yaratganini o‘zgartiruvchilarni Alloh la’natlasin!» dedi. Bu Banu Asadlik Ummu Ya’qub degan ayolga etib boribdi. U kelib: «Sen falon falondaylarni la’natlabsanmi?!» dedi. «Nega endi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam la’natlagan hamda Allohning Kitobida bo‘lganlarni la’natlamas ekanman?!» dedi. U: «Men ikki muqova orasini o‘qib chiqqanman, unda sen aytgan narsani ko‘rmaganman», dedi. (Abdulloh) «Agar uni o‘qigan bo‘lganingda, ko‘rgan bo‘larding. Axir «Rasul sizlarga nimani bersa, olinglar. Nimadan qaytarsa, qaytinglar»ni o‘qimaganmisan?» dedi. U: «Ha (o‘qiganman)», dedi. «U zot o‘shandan qaytarganlar», dedi. U: «O‘ylaymanki, o‘zingning ahlu ayoling ham shunday qilsa kerak», dedi. (Abdulloh) «Borib, ko‘r», dedi. U borib, qaradi, lekin izlagan narsasini ko‘rmadi. Shunda (Abdulloh): «Agar shunday bo‘lganida, biz bilan jam bo‘lmagan bo‘lardi», dedi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:18 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar