Shifoxonada xijob
Assalomu alaykum! Men oilaviy poliklinikada shifokor bo‘lib ishlayman. Ish vazifamda bolalarga xam katta erkak va ayollarga xam qarayman. Oddiy aytganda oilaviy shifokorman(xozir shunday qilib qo‘yishgan asli pediatrman). Ilgari ochiq kiyinganman. Xozir xijobdaman. Lekin shifoxonalarda oq xalat va kalpachok kiyish kerak(ro‘molda o‘tirish mumkinmas). Kalpachok ichidan oq ro‘mol o‘rayman desam xam raxbarlarim ko‘nishmayapti. Balalar shifoxonalariga ishga o‘tay desam u er xam shu axvol (u erda xam mumkinmas, erkak shifokorlar, bemorlar dadalari). Nima qilishni, qanday yo‘l tutishni bilmayapman. Ishxonada ish kiyimida bo‘lib, ko‘chada o‘ranib yursa bo‘ladimi. Iltimos maslaxat beringlar opangiz, singlingiz, extimol qizingizga.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha qalpoqcha bilan ham avratni berkitish imkoni bo‘ladi. Ishni davom ettiravering. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:18 | Savol-javoblar | 149 | Ayollarga oid masalalar