O‘zini asraganni Alloh ham asraydi

Assalomu alaykum! Ustozlar, xalqimizda "O‘zini asraganni Alloh ham asraydi" degan gap bor. Shu to‘g‘risida xadislar mavjudmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Mo‘min kishi bir teshikdan ikki bor chaqilmaydi” degan hadislari shunga dalolat qiladi. Aslida “o‘zi asraganni” demasdan “Allohga tavakkal qilganni” deyish kerak. Chunki Alloh taolo “Taloq” surasida وَمَن يَتَّقِ اللَّهَ يَجْعَل لَّهُ مَخْرَجًا۝  Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo‘lini ochib qo‘yadir – deb marhamat qilgan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 168 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar