Xovlimizdagi tipratikanlar
Assalomu alaykum! 84891 savolga berilgan javobdagi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida tipratikan zikr qilindi. Bas, u zot: «U ifloslardan biridir», dedilar». Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilganlar. Sharh: Bu hadisi sharifdan tipratikan ham harom ekanligi kelib chiqadi. Shuningdek, sichqon, kaltakesak, ilonlar va ularning toifasiga o‘xshash boshqa zararkunanda hayvonchalar ham haromdir - degan xadisdan so‘ng o‘ylanib qoldim. Xovlimizda bir nechta tipratikanlar yashaydi. Ularni oila a’zolarimga va farzandlarimga, mol-mulkimga ziyoni tegmagani uchun yashashiga moneligimiz yo‘q. Tipratikanlar xovlimizda yashayversa bo‘ladimi? Yoki ularni ko‘chaga olib chiqib tashlaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yashasa bo‘ladi, uni eyish harom. Sho‘rva qilib ichmasangiz va sho‘rva qilib ichaman deganlarga bermasangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar