Payg‘ambarimizning Shom safarlari
Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Shom safariga tijorat bilan borganlarida payg‘ambarligini bilib qolgan kim edi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Buhayro degan rohib bo‘ladi.
Shu o‘rinda tarixchilarimiz, muhaddislar va siyratchilarimiz Buhayro ismli rohib bilan Abu Tolib boshliq tijorat karvoni a’zolari orasidagi uchrashuv haqidagi qissani keltiradilar.
Bu qissaning Imom Termiziy keltirgan matnini boshqa kuchli rivoyatlar quvvatlab kelgan. Shuning uchun Imom Termiziyning rivoyatini muxtasar holda keltiramiz. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: خَرَجَ أَبُو طَالِبٍ إِلَى الشَّامِ وَمَعَهُ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي أَشْيَاخٍ مِنْ قُرَيْشٍ، فَلَمَّا أَشْرَفُوا عَلَى الرَّاهِبِ هَبَطُوا فَحَلُّوا رِحَالَهُمْ فَخَرَجَ إِلَيْهِمُ الرَّاهِبُ، وَكَانُوا قَبْلَ ذَلِكَ يَمُرُّونَ بِهِ فَلَا يَخْرُجُ وَلَا يَلْتَفِتُ إِلَيْهِمْ، فَجَاءَ الرَّاهِبُ وَهُمْ يَحُلُّونَ رِحَالَهُمْ فَصَارَ يَتَخَلَّلُهُمُ حَتَّى جَاءَ فَأَخَذَ بِيَدِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: هَذَا سَيِّدُ الْعَالَمِينَ، هَذَا رَسُولُ رَبِّ الْعَالَمِينَ، يَبْعَثُهُ اللهُ رَحْمَةً لِلْعَالَمِينَ، فَقَالَ لَهُ أَشْيَاخٌ مِنْ قُرَيْشٍ: مَا عِلْمُكَ بِهَذَا؟ فَقَالَ: إِنَّكُمْ حِينَ أَشْرَفْتُمْ مِنَ الْعَقَبَةِ لَمْ يَبْقَ شَجَرٌ وَلَا حَجَرٌ إِلَّا خَرَّ سَاجِدًا، وَلَا يَسْجُدَانِ إِلَّا لِنَبِيٍّ، وَإِنِّي أَعْرِفُهُ بِخَاتَمِ النُّبُوَّةِ أَسْفَلَ مِنْ غُضْرُوفِ كَتِفِهِ مِثْلَ التُّفَّاحَةِ، ثُمَّ رَجَعَ فَصَنَعَ لَهُمْ طَعَامًا، فَلَمَّا أَتَاهُمْ بِهِ وَكَانَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي رَعِيَّةِ الْإِبِلِ، قَالَ: أَرْسِلُوا إِلَيْهِ، فَأَقْبَلَ وَعَلَيْهِ غَمَامَةٌ تُظِلُّهُ، فَلَمَّا دَنَا مِنَ الْقَوْمِ وَجَدَهُمْ قَدْ سَبَقُوهُ إِلَى فَيْءِ الشَّجَرَةِ، فَلَمَّا جَلَسَ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَالَ فَيْءُ الشَّجَرَةِ عَلَيْهِ، فَقَالَ الرَّاهِبُ: انْظُرُوا إِلَى فَيْءِ الشَّجَرَةِ مَالَ عَلَيْهِ. قَالَ: فَبَيْنَمَا هُوَ قَائِمٌ عَلَيْهِمْ وَهُوَ يُنَاشِدُهُمْ أَلَّا يَذْهَبُوا بِهِ إِلَى الرُّومِ، فَإِنَّهُمْ إِذَا رَأَوْهُ عَرَفُوهُ بِالصِّفَةِ فَيَقْتُلُونَهُ، فَالْتَفَتَ فَإِذَا بِسَبْعَةٍ قَدْ أَقْبَلُوا مِنَ الرُّومِ فَاسْتَقْبَلَهُمْ، فَقَالَ: مَا جَاءَ بِكُمْ؟ قَالُوا: جِئْنَا إِنَّ هَذَا النَّبِيَّ خَارِجٌ فِي هَذَا الشَّهْرِ، فَلَمْ يَبْقَ طَرِيقٌ إِلَّا بُعِثَ إِلَيْهِ بِأُنَاسٍ، وَإِنَّا قَدْ أُخْبِرْنَا خَبَرَهُ بُعِثْنَا إِلَى طَرِيقِكَ هَذَا، فَقَالَ: هَلْ خَلْفَكُمْ أَحَدٌ هُوَ خَيْرٌ مِنْكُمْ؟ قَالُوا: إِنَّمَا اخْتِرْنَا خِيَرَةً بِطَرِيقِكَ هَذَا، قَالَ: أَفَرَأَيْتُمْ أَمْرًا أَرَادَ اللهُ أَنْ يَقْضِيَهُ، هَلْ يَسْتَطِيعُ أَحَدٌ مِنَ النَّاسِ رَدَّهُ؟ قَالُوا: لَا، قَالَ: فَبَايَعُوهُ وَأَقَامُوا مَعَهُ، قَالَ: أَنْشُدُكُمُ اللهَ أَيُّكُمْ وَلِيُّهُ؟ قَالُوا: أَبُو طَالِبٍ، فَلَمْ يَزَلْ يُنَاشِدُهُ حَتَّى رَدَّهُ أَبُو طَالِبٍ، وَبَعَثَ مَعَهُ أَبُو بَكْرٍ بِلَالًا وَزَوَّدَهُ الرَّاهِبُ مِنَ الْكَعْكِ وَالزَّيْتِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ بِسَنَدٍ حَسَنٍ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Abu Tolib Shom tomon chiqdi. U bilan quraysh shayxlari ichida Nabiy sollallohu alayhi vasallam ham bor edilar. Rohib(ning maskani)ga yaqinlashganlarida to‘xtadilar. Yuklarini tushirdilar. Rohib ularning huzuriga chiqdi. Bundan oldin ham uning oldidan o‘tar edilar. Ammo u ularning huzuriga chiqmas, burilib qaramas ham edi. Ular yuklarini tushirayotganlarida rohib kelib, oralarida aylanib yura boshladi. Oxiri kelib, Nabiy alayhissalomning qo‘llaridan tutdi va:
«Bu olamlarning sayyididir! Bu Robbul olamiynning Rasulidir! Uni Alloh olamlarga rahmat qilib yuboradir!» dedi.
Quraysh shayxlari unga qarab:
«Buni sen qaerdan bilasan?» dedilar.
«Sizlar dovondan o‘tib kela boshlaganlaringizda birorta ham daraxtu tosh qolmay, barchasi unga ta’zim qildi. Ular nabiydan boshqaga ta’zim qilmaslar. Men uni kurak suyagi pastidagi olmaga o‘xshash nubuvvati muhridan bilaman», dedi u.
So‘ngra qaytib borib, ularga taom tayyorlab keltirdi. U kelganda Nabiy sollallohu alayhi vasallam tuyalarni o‘tlatgani ketgan edilar.
«Uni chaqirib kelinglar», dedi u.
U zot kelayotganlarida ustilarida bir bulut soya solib keldi. U zot qavm oldiga yaqinlashganlarida ular soya joylarni egallab olishgan edi. U zot sollallohu alayhi vasallam o‘tirganlarida daraxtning soyasi ustilariga moyil bo‘ldi.
«Daraxt soyasiga qaranglar! Uning ustiga moyil bo‘ldi!» dedi rohib.
U o‘sha erda turib, ularga «Uni Rum tarafga olib bormanglar. Agar ular uni ko‘rsalar, sifatidan tanib qolib, o‘ldirishadi», deb yolvorar edi.
Qarasa, Rum tomondan etti kishi kelmoqda. U ularni kutib oldi va:
«Yo‘l bo‘lsin?» deb so‘radi.
«Anavi nabiy shu oyda bu tomon chiqar emish, deb keldik. Hech bir yo‘l qolmay, hammasiga odam yuborildi. Bizga uning xabari keldi. Bizni sening yo‘lingga yubordilar», deyishdi.
«Ortingizdan sizdan ko‘ra yaxshiroqlar bormi?» deb so‘radi u.
«Yaxshiligimiz uchun bizlarni sening yo‘lingga tanlashdi», deyishdi.
«Aytinglar-chi, Alloh qilishni iroda qilgan ishni birov qaytara oladimi?» dedi.
«Yo‘q», dedilar. Bas, ular u zotga bay’at qildilar va birga turdilar. So‘ngra rohib qurayshliklarga:
«Allohning nomi bilan so‘rayman. Kimingiz uning valiysisiz?» dedi. Ular:
«Abu Tolib», deyishdi. Uning tinmay qilgan yolvorishlaridan keyin Abu Tolib u zotni qaytarib yubordi. Rohib (yo‘l uchun) non va yog‘ berdi».
Termiziy rivoyat qilgan.
Bu hodisa u zot o‘n ikki yoshga to‘lganlarida bo‘lib o‘tdi.
Boshqa bir rivoyatda quyidagilar aytiladi:
«Karvondagilar Busro nomli joyga etganlarida Buhayro ismli rohibning oldidan o‘tdilar. U Injilni juda yaxshi bilar va nasroniylikdan xabardor edi. Shunda Buhayro Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni ko‘rib qolib, sinchiklab qaradi va so‘zlashib ko‘rdi. So‘ngra Abu Tolibga:
«Bu bola kiming bo‘ladi?» dedi.
«O‘g‘lim», dedi u. Buhayro unga:
«Bu o‘g‘ling emas. Bu bolaning otasi tirik bo‘lishi mumkin emas», dedi.
«U ukamning o‘g‘li», dedi.
«Otasiga nima bo‘lgan?» dedi Buhayro.
«Onasi bunga homiladorligida o‘lgan», dedi.
«To‘g‘ri aytding. Uni yurtiga qaytarib olib ket. Buni yahudiylardan ehtiyot qil. Allohga qasamki, ular buni bu erda ko‘rsalar, albatta, yomonlik etkazadilar. Shubhasiz, bu jiyaningning sha’ni ulug‘ bo‘lur», dedi Buhayro. Abu Tolib u kishini olib, tezda Makkaga qaytdi».
Xuddi shunga o‘xshash ma’lumotlar juda ham ko‘p. Bunga Salmoni Forsiy roziyallohu anhuning qissalari ham misol bo‘la oladi. Lekin biz yuqoridagi rivoyat ila kifoyalanamiz. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:49 | Savol-javoblar | 169 | Islam