Otaning vazifasi

Assalomu alaykum! Men 1 yoshligim da otam olamdan utgan ekan lar, 1 yosh katta opam xam bor, otam utganidan kegin onam ni onasini ki ga kuchib keldik, onam ishlar edilar va ish xona da bir erkak bilan tanishib kolishgan va oradan vakt utib oz moz onam ni onasi karshilik kilidi, baribir turmush kurish di va u odamni yani ikkinchi otamni shaxsiy uyi yokligi uchun biz ichara da tura boshladik, va ichara ga va bizni bokishga kurbilari etmagani uchun onam yana ishlashga majbur buldilar xayotda juda kiynaldik onam ni otalari bizga kvartira olib berishda va usha erda yashay boshladik otam ishlamas edilar onam ishdaligida biz bilan kup urishar edilar xatto esimda kolgan narsa shuki opam uspirinlik paytilarida dori berib bizni uxlatib xar xil joylaridan ushlar edi opam ga kul tekkizar edi man kegin sal katta bulib tushina boshladim onam ga aytsam jiddiy karamas edilar otam ketib kolishidan kurkardilar shu tarika orada otam kamalib koldi uni kurgani karz xavola kilib kurgani xam borardik, onam borishimmiz kerak dep turib olardilar kiynalsalar xam yoshim katta bulib 18 yoshim da institutga kirdim kontrakt asosida va pulini tulashga kurbim etmasligini bilib ukimadim rossa ukigim katta odam bulishni xoxlirdim, oiladagi kamchiliklar ni kurib rossiya ga ishlagani kettim 3 yil degan da kelib opam ni uzattim chunki man tuy kilmasam opam utirib kolardi tunu kun kattik ishladim otam xatto bitta kuylak xam olib bermadi bechora opam ga ora chorada ishlab u er bu erda usha pulni xam ichib yuborardilar xatto onam karmonidan pul ugirlab tilla buyimlarni xam ugirlar edilar men yana ishlashga kettim onam xam ish ga yaroksiz bulib koldilar ishlamang man bokaman dep ishlatmadim borib yana ishladim akika tuy odatlarimiz ni kildim jiyanlik bulib kvartira da yashardik kvartira ga uylanmayman dep xovli kilib karzga botib koldim axir kvartira ga uylansam ayolimni dadam ga ishonmas edim karz uzgani yana kettim orada onam kattik betob bulib davolashga pulim ketti tuyim yana juzildi yoshim 30 ga kirdi xali uylanishim ga imkon topa olmayapman kiynalishim ni xech kim ga bildirmayman Alloh dan bulak xatto yakin dustlarim ga xam aytolmiman juda kiynalib kettim xamma nega uylanmisan deydi otam esa manga yoshligim da xatto bir dona konfet olib bermagan mexrim yok onam uchun chidayapman otam esa pul junatsam katta katta eyish ni yaxshi kuradi onam uchun chidash da davom etyapman uzim xam ancha kasallik ortirvoldim xali uylanmasimdan savolim shundaki 1 karz olib uylansam buladim,2 otamni onamni kargaydi shundan kurkadi onam oxiratta javob beromiman dep men ayttim oilani bokmagan erkak vazifasini kilmapti kurkmang oxiratta man javob beraman dep 2 chi savolim otamdan juda zerikdim nima kilsam buladi Alloh dan kurkaman no to‘g‘ri ish kilib kuyishdan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1. Nohaq qarg‘asa aslo o‘tmaydi. 2. Onangizni olib boshqa joyda yashashga haqqingiz bor. Sabr qiling, Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَعِينُواْ بِالصَّبْرِ وَالصَّلاَةِ إِنَّ اللّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ۝ 153. Ey iymon keltirganlar! Sabr va namoz ila yordam so‘ranglar. Albatta, Alloh sabrlilar bilandir.
Demak, mo‘min-musulmon banda mazkur qiyinchiliklarni engish uchun katta miqdordagi sabrga ega bo‘lishi kerak. Ammo hamma narsaning chegarasi bo‘lganidek, gohida sabr ham tugashi, susayishi mumkin, bunday holatda namoz yordamga keladi. Namoz bitmas-tuganmas yordamchi, kuchga kuch, quvvatga quvvat baxsh etuvchi, qalbga madad beruvchi, sabrga sabr qo‘shuvchi, sokinlik va xotirjamlik manbaidir. U ojiz, zaif odamni quvvat va yordamning asl manbai bo‘lmish Alloh taologa bog‘lovchi vositadir. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom qachon bir ishdan tashvishga tushsalar, namoz o‘qishga shoshilar edilar. Shu bois, Alloh taolo qiyinchilik va mashaqqatlar ostonasida turgan Islom ummatini sabrga va namozga chaqirmoqda. Va ortidan:
«Albatta, Alloh sabrlilar bilandir», – deb ta’kidlamoqda.
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissolatu vassallom hadislaridan birida:
«Mo‘minning ishi ajoyib, Alloh unga nimani qazo qilsa ham, yaxshilik bo‘ladi. Xursandlik etsa, shukr qiladi, yaxshi bo‘ladi. Musibat etsa, sabr qiladi, yaxshi bo‘ladi», – deganlar.
Imom Termiziy rivoyat qilgan boshqa bir hadisda «Odamlarga aralashib, ularning ozorlariga sabr qilgan musulmon ularga aralashmaydigan va ozorlariga sabr qilmaydigan musulmondan yaxshidir», – deganlar.
Madinai Munavvarada Nabiy alayhissalom atroflarida birikib, alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan jamiyat qurgan musulmonlar o‘zlariga etgan ulug‘ ne’matni – Allohning dinini, Islomni dunyoga tarqatish uchun uzoq va mashaqqatli kurash oldida turganlari e’tiboridan Qur’oni Karim ularni bu ishga ruhiy-ma’naviy tomondan tayyorlash uchun bo‘lg‘usi qiyinchiliklarga qanday munosabatda bo‘lish yo‘llarini ko‘rsatadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 19:44 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar