Marg‘ilon haqida hadis bormi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, men Marg‘ilon shaxrida yashayman. Meni yoshligimdan shu gapni aytib kelishgan, ya’ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni "Marg‘ilon mening boxcham" degan hadis bor deb aytishadi va mening bir do‘stim xam shu xadis bor rostan xam bor man buni masjid domlasidan eshitganman dedi. Meni fikirimcha bu narsa noto‘g‘ri, chunki Payg‘ambarimiz davrlarida Marg‘ilon bo‘lmaganku? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu yolg‘on, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga to‘qimadir. Buni aslo aytmaslik kerak. قَالَ أَنَسٌ رَضِي اللهُ عَنْهُ : إِنَّهُ لَيَمْنَعُنِي أَنْ أُحَدِّثَكُمْ حَدِيثًا كَثِيرًا أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ تَعَمَّدَ عَلَيَّ كَذِبًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ
وَلِمُسْلِمٍ: إِنَّ كَذِبًا عَلَيَّ لَيْسَ كَكَذِبٍ عَلَى أَحَدٍ فَمَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Mening sizlarga ko‘p hadis aytishimni man qiladigan narsa Nabiy sollallohu alayhi vasallamning: «Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘ini olaversin», deganlaridir», dedi».
To‘rtovlari rivoyat rivoyat qilganlar.
Muslimning rivoyatida:
«Albatta, menga yolg‘on to‘qish boshqa birovga yolg‘on to‘qishdek emas. Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘ini olaversin», deyilgan.
Sharh: Ushbu rivoyatdan hazrati Anas ibn Molik roziyallohu anhuning ilmiy odobga qanchalar rioya qilishlari ko‘rinib turibdi. U kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xizmatlarida o‘n yil bardavom turgan zot bo‘lib, sahobai kiromlar ichida eng ko‘p hadis bilguvchilardan edilar. Zehnlari o‘tkir, muhofazalari kuchli bo‘lganiga qaramay, Payg‘ambarimiz aytmagan biror og‘iz so‘zni aytib qo‘yib, U zot sollallohu alayhi vasallamning:
«Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘ini olaversin», degan hadislarida zikri kelgan taxtga doxil bo‘lib qolishdan hayiqib turganlar.
Islom dini yolg‘onni mutlaqo harom qilgan. Yolg‘onchi Islom nazarida Allohning dushmani, iymonsiz hisoblanadi. Alloh taolo Qur’oni Karimda: «Albatta, yolg‘onni Allohning oyatlariga iymon keltirmaydiganlar to‘qiydilar», deb marhamat qilgan. Shunday bo‘lganidan keyin Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on to‘qish, u kishi aytmagan gapni aytdi, qilmagan ishni qildi, deyish mislsiz ulkan gunoh sanaladi.
Shuning uchun ham ulamolar jumhuri «Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on to‘qishni halol sanagan odam kofir bo‘ladi», deganlar. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on to‘qish Alloh taologa va Islom diniga nisbatan yolg‘on to‘qishdir.
Shuning uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari bo‘yicha aniq bilimga ega bo‘lgandan so‘nggina gapirish lozim. Gumon va taxmin bilan gapirish mutlaqo mumkin emas. Musulmon odam gumon va ishonchsiz narsalarni gapirmagani ma’qul. Har bir narsaga to‘la ishonch hosil qilgandan so‘nggina gapirmoq lozim. Ayniqsa, dinu diyonatga, iymon-e’tiqodga, halol-haromga, shariat ahkomlariga va oyat-hadisga tegishli mavzuda so‘z yuritganda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Ulug‘ sahobiy Anas ibn Molik roziyallohu anhu barchamizga o‘rnak bo‘lishlari lozim. Har bir gapni gapirishdan oldin agar shu gapim yolg‘on bo‘lsa, do‘zaxdagi o‘rnimni olishim kerak bo‘ladi-ku, degan tushuncha fikrimizdan o‘tib turishi kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:22 | Savol-javoblar | 160 | Hadislar