Mo‘min musilmon

Assalomu alaykum! 1). Menga mo‘min musulmon kishi har kuni qilishi majburiy bo‘lgan, yani ALLOH tomonida buyirilgan, bajarilishi shart bo‘lgan kundalik amallarni ro‘yhat qilib bersangiz.Men esa siz bergan ro‘yhatdan ALLOH nasib etsa, dasturul -amal sifatida foydalanaman.Faqat iltimos, majburiy amallar bo‘lsin, ixtiyoriy emas. 2) savol :Namozni ob-havo isibroq qolganda o‘qishni boshlamoqchi edim, yani Namoz o‘qish uchun, O‘zimga to‘g‘ri keladigon sharoit bo‘lganda o‘qishni niyat qildim, buni uzurli sababi bor, sog‘lig‘im bilan bog‘liq.Bu niyatimning ajri qanday,yoki qanday yo‘l tutishni maslahat berasiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namozni hoziroq boshlang. Baxtu-saodat formulasi: Kim amalini shariatga muvofiq qilsa Alloh uni holatini go‘zal qilib qo‘yadi. Kim holatim o‘nglansa keyin shariatga amal qilaman desa shariatga etolmasdan o‘tib ketadi. Kasalingizni ayting biz o‘sha holatda ham namoz o‘qishingizni o‘rgatamiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:23 | Savol-javoblar | 137 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar