Amallari xabata bo‘lgan odamning ibodatlari

Assalomu alaykum! Amallari xabata bo‘lgan odam, xabata bo‘lgan barcha farz ibodatlarini qayta qilib chiqadimi? Xuddi qazo namoz va ro‘za ibodatlari kabi? Yoki bunday tushuncha yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo inson o‘zini qilgan amaliga “amalim habata bo‘ldi” deb baho bermaslik kerak. Chunki shariatimizda kufr lozim bo‘lishi va kufrni o‘ziga lozim tutish degan narsa bor. Masalan bir odam bilmasdan kufr so‘zini aytdi. Kitoblarda “bu so‘zdan kufr lozim bo‘ladi” deyilgan, lekin birortasining og‘zidan bu kabi so‘z chiqsa o‘sha zahoti unga kofir bo‘lding deb hukm chiqarilmaydi. Avvalo u so‘zni aytgan insonga bu kabi so‘zlar kufr hisoblanadi – deyiladi. Agar u inson men buni bilmas ekanman tavba qildim desa uni kofirga hukm qilinmaydi. Agar o‘sha gapida turib olib nima bo‘libdi, bo‘lsa bo‘lar, men shu gapimdan qaytmayman desa keyin uni kufrga hukm qilinadi. O‘sha mahkam turib olishni kufrni o‘ziga lozim tutib olish deyiladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:24 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar