Pishmagan mevani savdo qilish

Assalomu alaykum! Hali etilmagan, pishmagan maxsulot ustidan savdo qilish ya’ni oldindan narxlashib pul berib qo‘yish mumkinmi? Savdo xololmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pishishga yaqin bo‘lmagan mevani sotishdan qaytarganlar. وَقَوْلُ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا تَبِيعُوا الثَّمَرَةَ حَتَّى يَبْدُوَ صَلَاحُهَا». فَلَمْ يَحْظُرِ الْبَيْعَ بَعْدَ الصَّلَاحِ عَلَى أَحَدٍ وَلَمْ يَخُصَّ مَنْ وَجَبَ عَلَيْهِ الزَّكَاةُ مِمَّنْ لَمْ تَجِبْ Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Pisha boshlagani ko‘rinmaguncha mevani sotmang», deganlar. Demak, u zot pisha boshlagani ko‘ringandan keyin sotishni biron kishiga taqiqlamadilar. Zimmasiga zakot vojib bo‘lgan kishini vojib bo‘lmagan kishidan xoslab ajratmadilar. عَبْدُ اللهِ بْنُ دِينَارٍ: سَمِعْتُ ابْنَ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: نَهَى النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ بَيْعِ الثَّمَرَةِ حَتَّى يَبْدُوَ صَلَاحُهَا. وَكَانَ إِذَا سُئِلَ عَنْ صَلَاحِهَا قَالَ: حَتَّى تَذْهَبَ عَاهَتُهُ Abdulloh ibn Dinor xabar qiladi:
«Ibn Umar roziyallohu anhumoning «Nabiy sollallohu alayhi vasallam mevaning pisha boshlagani ko‘rinmaguncha sotishdan qaytardilar», deganini eshitganman. Uning «pisha boshlash» nimaligi haqida so‘ralsa: «Talafot etish (ehtimoli) ketgunicha», der edi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:24 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar