Jannatiy yoki do‘zaxiy bo‘lishiga ona qornida saralanish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yaqinda bir hadisni eshitib qoldim. U erda payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Baqi’ qabristonida turib aytgan ekanlar: Xar bir inson ona qornida uch oyligidanoq jannat va duzaxga Alloh tomonidan belgilanib(saralanib) bo‘lar ekan. Shu hadis bormi yoki qanchalik sahix? Noo‘rin savol bergan bulsam oldindan uzur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday ma’noda bir necha sahih hadislar bor. عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  فِي جَنَازَةٍ، ‏فَأَخَذَ شَيْئًا فَجَعَلَ يَنْكُتُ بِهِ الْأَرْضَ، فَقَالَ: «مَا مِنْكُمْ مِنْ أَحَدٍ إِلَّا وَقَدْ كُتِبَ مَقْعَدُهُ مِنَ النَّارِ وَمَقْعَدُهُ ‏مِنَ الْجَنَّةِ». قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، أَفَلَا نَتَّكِلُ عَلَى كِتَابِنَا وَنَدَعُ الْعَمَلَ؟ قَالَ: «اعْمَلُوا، فَكُلٌّ مُيَسَّرٌ لِمَا ‏خُلِقَ لَهُ، أَمَّا مَنْ كَانَ مِنْ أَهْلِ السَّعَادَةِ فَيُيَسَّرُ لِعَمَلِ أَهْلِ السَّعَادَةِ، وَأَمَّا مَنْ كَانَ مِنْ أَهْلِ الشَّقَاءِ ‏فَيُيَسَّرُ لِعَمَلِ أَهْلِ الشَّقَاوَةِ». ثُمَّ قَرَأَ ﮋفَأَمَّا مَن أَعْطَى وَاتَّقَى ۝ وَصَدَّقَ بِالْحُسْنَى ﮊ الْآيَةَ Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir janozada edilar. Bir narsani olib, o‘sha bilan erni niqtalay boshladilar. Keyin: «Sizlardan biror kishi yo‘qki, uning jannatdagi joyi yo do‘zaxdagi joyi bitib qo‘yilmagan bo‘lsa», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, unda bitigimizga tayanib, amalni qo‘yavermaymizmi?» deyishdi. U zot: «Amal qilinglar. Zero, har kim o‘zi nima uchun yaratilgan bo‘lsa, o‘shanga muyassar qilingandir. Kim saodat ahlidan bo‘lsa, ahli saodatning amaliga muyassar qilinadi. Ammo kim baxtsiz bo‘lsa, baxtsizlarning amaliga muyassar qilinadi», dedilar. So‘ngra «Kim ato etsa va taqvo qilsa hamda «yaxshilik»ni tasdiqlasa...»ni o‘qidilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).  Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:27 | Savol-javoblar | 134 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar