Tutgan ro‘zam
Assalomu alaykum! Hurmatli ahli ilmlar, meni bir savol o‘ylantirib qo‘ydi. Men birinchi marta ramazon ro‘zasini to‘liq o‘tgan yili tutdim alhamdulillah. Rossiya shahrida ishlar edim. Namoz vaqtlarini programma orqalik belgilab namoz o‘qilishidan oldin og‘iz yopar edim. Quyosh botgandan so‘ng ochar edim. O‘zi aslida ro‘zaning vaqti necha soatdan iborat bo‘ladi(eng uzog‘i)? Men aytaylik ertalab soat 02:00 da og‘iz yopsam, shu bilan kechgi 21:00 dan o‘tib (quyosh qachon botsa) og‘iz ochar edim(19 soatdan oshiq yurdim). Men yaqinda bildim eng yaqin masjid vaqtiga to‘g‘irlab o‘qilgan namoz ishonchlik bo‘ladi deb. Shunga men o‘ylanganim shuncha o‘qigan bomdod namozlarim ro‘zalarim durust bo‘ldimikin? Savobidan mahrum bo‘lib qolmadimmikin? Niyatim xolis edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Og‘zingizni saharlik vaqti tugashidan oldin berkitgan bo‘lsangiz ro‘zalaringiz durust. Saharlik vaqti chiqib bamdod vaqti kirdi degandan oldin bamdod o‘qigan bo‘lsangiz o‘sha namozlarni qaytarib o‘qiysiz. Yaqiningizdagi masjidga borib bilib oling. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:27 | Savol-javoblar | 142 | Ro‘za