Jamoat transportidagi namoz
Assalomu alaykum! Uzur, qidirish bo‘limidan aynan kerakli ma’lumot ola olmadim. Men jamoat transportida (istana) uyga qaytayotgan edim, shom namozini o‘qiy olmadim, qazo bo‘ldi. Lekin o‘sha transportda bir kishi o‘tirgan joyida namoz o‘qidilar. Rukuda qo‘llarini tizzalariga qo‘ydilaru, lekin tizzalari bukilgan holda edi, sajdani esa oldingi o‘rindiqni suyanchig‘iga qilib o‘qib oldilar. Shu odamning namozlari durustmi? Agar xato bo‘lsa aynan qanday o‘qish kerakligini tushuntirsangiz iltimos. Javob uchun katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namoz vaqtlarining eng kami kirib to chiqqunicha bir yarim soatga yaqin bo‘ladi. O‘sha vaqt oralig‘ida o‘qib olingan namoz qazo hisoblanmaydi. Siz aytgan shom namozi ham bir yarim soatga yaqin vaqti bor. Mashinadan tushib o‘qish kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:30 | Savol-javoblar | 165 | Namoz