Foyda-ziyon urtadami?

xurmatli ustoz! Man bir savdogar odamni (ustozimni) bozordagi vakiliman. Sotib berish sharti bilan nasiyaga ustozimni molini nasiyaga beraman. Oborotga pul etmay kolganda ustoz: "Foyda-ziyon urtada",- deb, savdo-sotigimizga pul tikishni menga taklif kildi. Men xursand buldim va faoliyatimga kizikish yanada ortdi. Ustozimni oborotda 4814000 kozok tengesi tikilgan. Meni esa 1203500 kozok tengem bor edi. Meni xisob-kitobimni nazorat kiluvchi omborchimiz bor. Xar oyda omborchi bilan oldi-berdilarimizni reviziya kilib turamiz. Men unga kelishuvimizni aytdim. 2 oy utgach, savdo susaygani tufayli pulimni kaytarib olishimni omborchi orkali menga aytdi. Men e’tiroz bildirdim, pulni kaytib olishni xoxlamadim. Yana bir oy sudraldik. Karasam pulimni kaytarib olmasam bulmaydi. Omborchiga: "Xa mayli, pulimni kaytarib olaman"-didim. Kanday kelishgan edinglar deb u mendan suradi. Men esa: "Foyida-ziyon urtada", dedim. "Pul tikkanimdan boshlab kancha sof daromad kuribmiz",-deb suradim. "522000 kozok tengesi",- dedi u. "Bulmasam turtdan biri meniki"-dedim va 1203500 kozok tengesiga 130500 tenge kushib oborotdan pulimni kaytarib oldim. Bir-ikki kun utgach ustoz manga telefon kilib:"Xisob-kitobda adashmovchilik bulibdi",-dedi. "Nega"-dedim. "Foyidani notugri olibsiz",-dedi. "Foyda-ziyon urtada degan edizku. Men tikgan pul, turtdan bir kismi edi. Foydani turtdan birini oldim",- dedim. "Notugri! Siz tikgan pul foydasi urtada edi, bulmasam sizni mablagizni faoliyatga kushishdan menga ne foyda?"-dedi. "Siz bunday tushintirganingizda man bu pulimni oldingi faoliyatidan chikarmagan bular edim, endi bu bush pulimni oldingi faoliyatimga kaytaray olmayman. Foyda-ziyon urtada degan edingizku?",-dedim. "Foyda-ziyon urtada degandan keyin boshka gapni xojati yuk.",-dedi. "Man bu pulga zor emasman. Man zakot pulini chikarayotgan edim. Fakat siz Kiyomatda kiynalib kolmang. Xoxlagan domlangizdan ushbu xolatni surang"-dedi. Karasam urtada tushunmovchilik bulibti. Men pulni kaytarib bermadim. Sizning maslaxatingizga muxtojman. Ushbu jumbogni echib bering.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Aslida bu kabi ikki kishi tortishgan molyaviy masala taraflarning jonli ishtirokida hal qilinadi. Siz ustozingiz bilan birga biladigan odamning oldiga borishigiz kerak.

4 May 2022, 05:18 | Savol-javoblar | 156 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar