Dinda harom qilingan jonzotning go‘shti

Assalomu alaykum! Bir muslim do‘stimizning holatlari haqida. Men xorijga ishlagani kelganimda oziq ovqat iste’mol qilishda ikki hil holatda dinizda eyish mumkin bo‘lmagan jonzotning go‘shti qo‘shilgan mahsulotni o‘zim bilmagan holda iste’mol qilib qo‘ydim. Bunday holatga tushganda hukm qanday bo‘ladi? Har galgidek toat ibodatda davom etilaversa bo‘ladimi? Dinga zarari yo‘qmi yoki bunday holat uchun ham gunoh yoziladimi? O‘zlaringizning bilimlaringiz asosida men uchun to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib yorishmayotgan dilimga nurafshonlik umidini olib kelasizlar degan umiddaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Toat ibodatda davom ettiriladi. Egan zahoti esga tushsa, uni qay’ qilib yuboriladi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu shunday qilganlar. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 00:28 | Savol-javoblar | 54 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar