Dolzarb savollor

Assalomu alaykum! Rossiyada ishlaymiz bir kvartirada sakkizta bola yashaymiz kvartirani arendaga olgan odam o‘zimizi xamshaxarlarimiz biz bir oyga beshmingda kelishib kirganbiz issiq-suv, sovik-suvlarini oyiga puli ko‘payib ketyaptikan shunga suv xisoblagichdi, qandaydur yo‘llari bilan to‘xtatib qo‘yishadi man bu ish yaxshimas xoram dib tushintirishga xarakat qildim lekin olishmadi gapimi man shu suvdan g‘usl qilaman taxorat, olaman mani o‘qiyatgan namozlarimga xoram aralashib qolmayaptimi? Bu erda xamma kvartira snimat qiganlar shu ishni qilarkan ustoz yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Sheriklaringizga bu ish harom ekanligini tushintirishga harakat qiling. Noshar’iy yo‘l bilan harajatlar kamayganga o‘xshab ko‘rinadi lekin, Alloh harom qilgan ishda hargiz baraka bo‘lmaydi.
«Kim Allohga taqvo qilsa, U Zot uning yo‘lini ochib qo‘yur. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur. U Zot uning ishida osonlik qilib berur. Uning gunohlarini kechirur va ajrini buyuk qilib berur» (Taloq surasi, 2-5-oyatlar). Agar gapingiz kor qilmasa unday joydan chiqib keting va Allohdan qo‘rqadigan, o‘g‘irlik qilmaydiganlar bilan sherik bo‘lib turing. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:11 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar