Varikoz uchun kalgotka

Assalomu alaykum! 7oylik xomiladorman. Oyog‘imda varikoz tomirlarim juda chiqqan. Doxtir to‘g‘ruqqacha varikoz uchun mo‘ljallangan kolgotka kiyishim kereligini etgan. Maxsus shunaqa kolgotka olib kiyvomman. Matosi qattiq kiyib echish juda qiyin ( Germaniya. Medi firmasi). Ertalabdan kechgacha kiyishim shart. Ovotgan joyimda sotuvchi spetsialist. Taxorat qilib kiyib keyin ustidan maxs tortsez bo‘ladi. Bu xuddi protezga o‘xshash narsa. Sizi buni faqat kechqurun echolisiz deb etgandi. 2-3oydan beri shunaqa qib yurudim. Kecha maxsi paypoq oldim. Endi uni qanaqa kiyishi bilmayapman. Taxoratim borligida kalgotkani ustidan kiysam. Kere payti paypoqni echish keyin yana taxorat qilib (kalgotkani ustidan maxs tortgan holda) kiyib olsam bo‘ladimi(misol uchun ko‘chaga chiqish uchun echish kere bo‘b qosa, chunki oyoq kiyimlarim paypoq maxsi bilan sig‘mayapti) 2) Agar kolgotka bilan olgan taxoratlarim o‘tmagan bo‘lsa, o‘qigan namozlarim hukmi qanaqa? Boshqatdan qazosini o‘qishim keremi? 3) namoz o‘qivotganimda sajda payti oyog‘imi bukishga qiynalaman, Tomirim yanayam sinilari. Shunga qiyom rukularini to‘liq ado etib. Sajdani stulga otirgan xolda boshimni havoda sajda qisam bo‘ladimi? Xozircha to‘g‘ruqqacha.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz noto‘g‘ri qilibsiz. Oyog‘ingizni yuvadigan joylarini yuvishingiz shart emas. Hozir bo‘lsa ham boldiringizdan pastrog‘idan kesib mahsi paypoq kiyiib mash tortib yuring. Bukiladigan joylarini kesib oling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:48 | Savol-javoblar | 143 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar