Ibodat uchun institutni tashlaymi?

Assalomu alaykum! Mani yoshim 20da. Dinimizni tanib borvotkanimga ko‘p bo‘lmadi. Hayotimga nazar solsam ancha narsalar dinimizaga to‘g‘ri kelmasligini ko‘rib, to‘g‘rilashga harakat qivomman. Yurtimizdagi horijiy institut talabasiman, savolim quydagilar: O‘qishimizda ro‘mol o‘raganlarni ro‘mollarini orqadan o‘rattirishadi. Mani ham ro‘mol o‘rash niyatim bor. Nima qilsam bo‘ladi? Bu farz amalini o‘yin qilib yuborishvotti. Yaqinlarim bitirib olgunincha sabr qil diyishvotti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz avratni ular e’tiroz bildirmaydigan narsalar bilan bo‘lsa ham berkiting. Sohangizni etuk mutaxassisi bo‘ling. Qiyomat alomatlari har joyda turlicha zohir bo‘ladi. O‘sha alomatlardan biri har bir ish o‘z mutaxassisidan boshqasiga topshirilishidir. Bizning yurtimizda bu alomatni paydo bo‘lmasligiga hamma qattiq harakat qilish shart. Hozirgi kunda xalqiga xizmat qilishni harakatida bo‘lmaslik, o‘zini chetga olish “men bilan birovni ishi bo‘lmasin meni ham birov bilan ishim yo‘q” deyish Qur’oni karimda juda ko‘p o‘rinda qaytarilgan urushdan qochish darajasidadir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:31 | Savol-javoblar | 123 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar