Komplektni olib qolish

Assalomu alaykum! Kecha bir mijoz bilan tushunmovchilik bo‘ldi. Biz unga rolik (bolalar g‘ildirakli poyabzali) sotgan edik. Kecha u mijoz keldi va biz sotgan rolikdakasini boshqa do‘konda komplekti (keyinchalik eskirsa almashtirish uchun g‘ildirak 1 dona; yo‘qolib qolsa kerak bo‘ladigan boltlar va shunga o‘xshashlar...) bilan ko‘rganini va yana arzonroq xam ekanini aytib bizni noinsofga chiqardi. Biz g‘ildirak va boltlarini kimgadir kerak bo‘lib qolsa yana qayta sotish uchun olib qo‘yamiz. Umuman mol bizniki, molimizni qanday xoxlasak shunday sotishga haqlimizmi? Albatta bunda mijozga mol to‘liq ko‘rsatiladi, nima borligi tushuntiriladi. Biron narsasi yo‘qmi desa borligini, qo‘shimcha to‘lov qilishi kerakligini aytamiz. U mijoz bilan xam shunday, yolg‘on aralashmay savdo qilingan. Arzonroq va yana boshqa sifatlari bilan bizning tovardan ustunrog‘ini ko‘rib, u yoki bu savdogarda arzon ekan deb kelgan mijozlardan molni qaytib olmaslikka haqqimiz bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Shariatimizda g‘abn fohish va g‘arar degan istilohlar bor. G‘abn fohish deb sotuvchi o‘z molini bozor narxidan o‘ta darajada qimmat sotishga aytiladi. Ba’zilar uni teng barobar, ba’zilar uchdan ikki barobar qimmat sotish deyishgan.
G‘arar deb sotuvchi aldab molni o‘tkazishiga aytiladi. Bunga aldovning har qanday turi kiradi. Bu ikki suratda haridor molni qaytarib olib kelib pulini olishga haqqi bor. Sizni ishingiz ham o‘sha g‘ararga kiradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar