FIKXIY KITOBLARDAGI FIKXIY MASALALAR

ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUHU!Muhtaram ustoz! Sizga ayrim savollarim bor edi. Ijozatingiz bilan ularni havola qilaman.1. Ayrim diniy kitoblarda kabriston ziyorati bobida kuyidagilar aytilgan: «Kabriston ziyoratiga boradigan kishi avval 2 rakat namoz ukib, xar rakatiga Fotixadan sung «Oyatal kursiy» va 3 marta «Ixlos» surasini tilovat kilib, savobini utganlarga bagishlaydi». Bu gapni masjidimiz imomidan xam eshitganman. Mazkur amalni kilsa joizmi? Utganlarga manfaati etadimi? 2. Fikxiy kitoblarimizda «Er xotinning uziga aloxida joy kilib berishi, unda erining yakinlaridan xech kim bulmasligi kerak» deyilgan. Bu gapni «Dinda savolim bor» kitobining «Xotinning er zimmasidagi xaklari» xakidagi savolga berilgan javobda ukib koldim. Xozir qish mavsumi bo‘lgani uchun vaziyat taqozosi bilan onam biz-er-xotin yashaydigan uyda yashamoqdalar. Shu sabab ayolim bilan erkin muomala qila olmayapmiz. Bu oraga sovuqchilik solishi ehtimoli ham yo‘q emas. Yuqoridagi fatvoga asosan men ayolimni haqqini poymol qildimmi? Mazkur masalani batafsil tushuntirib bersangiz.3. «Ibodati islomiya» kitobida nafl namozlarida bir surani 2 marta zam sura sifatida ukish mubox, deyilgan ekan. Misol uchun nafl namozda zam suraga «Ixlos» surasini 3 marta ukimokchi bulsa, birinchi ukiganiga savob bo‘ladi-yu, kolgan ikkitasi mubox bulganligi uchun savobdan maxrum koladimi? Mazkur masala boshka fikxiy kitoblarimizda kanday bayon kilingan? 4. Peshin namozidan sung 2 rakat ta’kidlangan sunnat bilan bir katorda yana 2 rakat ta’kidlanmagan sunnat namozi borligini xadisdan ukib koldim. Mazkur ta’kidlanmagan sunnat namozini peshinning farzidan sung 2 rakat ta’kidlangan sunnatga kushib bir salom bilan 4 rakat kilib ukiladimi? Yoki 2 rakatni aloxida takbir va alohida salom bilan ukish afzalmi?5. Bizlarni yurtlarda «Chor kitob», «Saloti Mas’udiy» kabi kitoblar musulmonlar tomonidan ukib-urganib kelingan. Uzim bu kitoblarni ukib kurmagan bulsam xam, yoshi ulug insonlardan bu kitoblar xakida kup eshitaman. Ustoz mazkur kitoblar va ularning mualliflari xakida iloji bulsa ma’lumot bersangiz. 6. Nos va sigaretni taxoratni sindirishi tugrisida fikxiy kitoblarimizdan «Fatovoi Tatarxoniya» xamda «Fikxi Kaydoniy», «Ajoyibul muximmat» nomli kitoblarida aytilgan ekan. Yakinda bir ilmli, yoshlari ulug ustozlarimizdan birlari bilan shu masalada gaplashdik. U kishi yukoridagi kitoblarda berilgan fatvoni ma’kulladilar va dedilarki: «Bunaka masalalarni kupchilik oldida, ayniksa usha nos va sigerat chekadigan namozxonlarning oldida aytib bulmaydi, agar kattik olib, aytilsa, ular namozni tashlab kuyishi mumkin. Shuning uchun boshka ulamolarimiz urfdan kelib chikib, bu fatvoni berishmagan», deb tushuntirdilar. Ustoz mazkur masalada jumxur ulamolarning fatvolari kanday? 7. «Naf’ul mufti» va «Mezon» nomli kitoblarda «Bizning xanafiy mazhabimizda quyoshda isigan suv bilan tahorat olish makruh emas» deyilgan ekan. Muxtasar ul-vikoyaning «Kifoya» sharxida esa bu narsa makrux, soglikka xam zarar, ya’ni pes kasalligini keltirib chikaradi, deyilgan. Mazkur masalada kupchilik ulamolarning fikrlari kanday? 8. Bir kishi vitr namozini boshlab 2-chi rakatida bu uchinchi rakat deb uylab, Kunut duosini o‘qib kuysa, ka’daga utirganidan sung, bu ikkinchi rakat ekanligini bilib kolsa, nima kiladi? Javoblaringiz uchun tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Biz bilgan kitoblarda namoz o‘qish haqida gap yo‘q.2. Ayol o‘zi rozi bo‘lsa hechqisi yo‘q. Ayolning erida haqqi bo‘lishi bilan ota-onaninng bolasida ham haqqi bor. Ikki haq bir-biri bilan to‘qnashib qolganida murosa qilinadi. Xususan, siz aytgan kabi holatlarda.3. Muboh degani mumkin deganidir. Bu so‘z savobi yo‘q degani emas.4. Alohida bo‘ladi.5. Menda bu haqda ma’lumot yo‘q. Otamiz rahmatli bizga bu kabi kitoblarni o‘qitmaganlar.6. Hozir bu fatvolardan ham kuchli fatvolar chiqqan. Ammo odamlarga asta-sekin tushuntirib borgan afzal. Ko‘pchilik bu narsalardan qutilib borayotganiga o‘zimiz guvohmiz.7. Bu savolga o‘tgan safar javob berganmiz..

28 Aprel 2022, 00:37 | Savol-javoblar | 155 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar