Zamon va Tib

Muxtaram Ustoz Shayx Xazratlari,Omonmisiz? Navbatdagi murojaatimni boshlashdan avval Sizni kuz korachingiz, suyukli farzandingiz, Ominaxon Muxammad Sodik singlimizning yangi kurilgan akdi nikoxlari munosabati ila Sizni va oila a’zolaringizni samimiy tabriklaymiz! Bundan xabar topib goyat sevindik, iloxo kuevimiz bilan umrbod baxtu-saodatga kumilib yashashliklarini, sizni va bizni kuzlarimiz kuvonib yurishmizni nasib etsin, Omiyn!Xabaringiz bor, Alloxga xamdlar bulsinki, kiz farzandli bulganimizga kup bulmadi, endi emlash eki emlamaslik masalasi urtada kundalang bulib turibdi. Mazkur masalada siz azizimizning Islom Fikxi Akademiyasi tomonidan ishlab chikilgan fatvoga asoslangan javobingizdan xabarimiz bor. Lekin ayni damda Sizning e’tiboringizni xozirgi zamonda Islom tabobati mutaxassisi deya kurilaetgan Doktor Oydin Solixa bilan bulib utgan suxbatni xavola kilmokchiman, niyatim Siz Ustozimizni fikrlarini bilishdir, inshaallox.Zamon va Tib: Nihoyasi yo‘q bahsu munozaralar…Doktor Oydin Solih Ukrainaning Lugansk viloyatida tug‘ilgan.Voroshilovgrad meditsina o‘quv yurtini bitirgan, shifoxonada ishlagan.1977 yilda Toshkent Davlat Universitetining biologiya fakultetini bitirgan.U talabalik yillaridan xalq tabobati, Ibn Sino tibbiyoti va ayniqsa “Tibbiy nabaviy” (Islomiy tibbiyot) bilan qiziqqan. 1993 yilda taqdir taqozosi bilan Turkiyaga borib, u erda o‘z ilmini tajribada sinab ko‘ra boshlagan.So‘nggi 10 yil mobaynida yuzlab bemorlar doktor Oydin Solihning davolash uslubi bilan shifo topgan.Doktor Oydin Solih Turkiyadagi Tabiiy Tibbiyot Instituti Faxriy Prezidenti hamdir. Bu institut 2006 yilda faoliyat boshlab, rasman 2012 yilda tanilgan.Turkiyada taniqli biolog olim Oydin Solihning “Haqiqiy tibbiyot” (Yo‘qotilgan shifo izidan”) kitobi ikkinchi nashri turk va o‘zbek tillarida bosmadan chiqdi.Kitob ilk bor 2008 yilda nashr etilgan va Turkiyada katta qiziqish bilan kutib olingandi.Oydin Solih o‘z kitobida inson salomatligini Qur’on va Hadislarga asoslangan holda yaxshilashi, turli kasalliklar, jumladan, saratondan ham tabiiy vositalar yordamida saqlanish yo‘llarini bayon qiladi.Bi-bi-si bilan suhbatda kitob muallifi yangi nashrda u qadar katta farq yo‘qligi, avvalgisida yo‘l qo‘yilgan juz’iy xatolar tuzatilganini aytdi.Shu bilan birga, Oydin Solihga ko‘ra, yangi kitobda zamonaviy tibbda so‘nggi yillarda paydo yangi tendentsiyalar haqida so‘z yuritiladi.Biz Doktor Oydin Solihdan “Haqiqiy tibbiyot”da deyarli barcha kasalliklar va ularning da’volari hozirgi zamon tibbiyotidan ancha farq qiladi va yo o‘quvchida shunday taasurot qoldiradi, rostdan ham bu farq shunchalar kattami, deb so‘radik.Oydin Solih: Ha, farq katta. Chunki, “Modern tib” o‘laroq nomlangan tibb 19 asrning kimyo va fizika fanlaridagi kashflari natijasida kasalliklarga bir butun, yaxlit shaklda qarash an’anasini asta-sekin tark eta boshladi. Va u davolash uslublarini inertsiya buyicha davom etishiga qaramasdan, qadim tibbning mizoj, axlat (metabolik yig‘indilar va chiqindilar) va organ funktsiyalari bilan bog‘liq bilimlarini rad etdi. Texnologiyaning rivojlanishi natijasida tibb ilmi inson organizmi haqida jiddiy ilmlarni to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va ularni tizimlangan hamda tasniflangan holga keltirdi. Ammo, davr o‘tishi bilan bilimlar chuqurlashib, ortishi va sohalarga bo‘linishi oqibatida zamonaviy tib organizmni ham xuddi sohalar kabi parcha-parchaga ajratib davolashga urina boshladi. Organizmning yaratilishdan yaxlitligi va organlarning bir-biriga bog‘liqligini inkor qilish davri boshladi. Bu yangi yondoshuv oqibatida yaxlitlik kontsepsiyasida davolash mumkin bo‘lgan kasalliklarning davolanishi imkonsiz holga keldi. Biz qadim tibb bilimlarini, ayniqsa, Islom tibbiyotidagi ilmlarni nihoyatda mantiqli ko‘ryapmiz. Biz xastaliklarning davosiga meyorida qilingan tibbiy ochlik, mizojga ko‘ra ovqatlanish va metabolik yig‘indilardan organizmni tozalashdan boshlagandik. Vujudni metabolik yig‘indilar va yo chiqindilardan tozalash uchun qadim, hech manfiy yon ta’siri bo‘lmagan uslublardan foydalandik. Banka qo‘yish, qon olish(xojamat), zuluk qo‘yish va o‘t-o‘lan bilan davolash, shular jumlasidandir. Va bu yo‘lda katta muvaffaqiyatga erishdik.Bi-bi-si: “Haqiqiy tibbiyot”ning ilk nashri o‘zbek va turk tillarida chiqdi va katta qiziqish bilan qarshilandi… Lekin, bahstalab tomoni, Siz bolalarni turfa kasalliklarga qarshi emlashga bu kitob muallifi o‘laroq qarshi chiqasiz…Oydin Solih: ”Biror marta emlanmagan bolalar kasalxonaning nima va qaerda ekanligini bilishmaydi, emlangan bolalar esa, kasalxonalardan chiqishmaydi”, deydi Prafull Vijavakar, mashhur gomeopat. Nihoyat, bugunga kelib, emlash (“privivka”) moddalarining tuzilishi tabiiylikdan uzoqligi va odamlar uchun umuman kerak emasligini aytayotgan shifokorlar ko‘paymoqda.Chunki, odamning immunitet tizimi o‘rganish orqali rivojlanadi. Masalan, o‘tmishda Angliyada oilada bola kasallansa, qishloqdagi butun bolalar uni ko‘rishga kelishardi. Va ular orasida zaif va nimjonlar bolalarga xasta boladan kasallik yuqardi, ammo ular tuzalgandan so‘ngra nihoyatda quvvatlanib, o‘sha kasalga hech duchor bo‘lmasdilar. Sog‘lom bolalarga, albatta-ki, kasallik yuqmasdi. Bola kasalliklarinining yaratilishidagi hikmat – boladagi immunitet tizimini rivojlantirishdir. Bugungi kunda esa har qanday kasallikka qarshi majburlab qilinayotgan emlash sog‘lom bolalardagi immunitet tizimining rivojlanishiga, kuchayishiga to‘sqinlik qilmoqda. Afsus-ki, bolalar emlash badalini nafaqat bolaliklarida, balki katta bo‘lganlarida ham to‘lashga majbur bo‘lishadi. Allergiya va astma, onkologik kasalliklarning qo‘rqinchli tezlikda ortib borishi o‘ta muhim biologik qonun-qoidalar buzilganini ko‘rsatib turibdi. Bu buzg‘unchiliklar orasida birinchi navbatda emlash turadi. Bugun “Gen muhandisligi” usullari bilan qurollangan biologlar endilikda bakterial hujayralarga inson proteinlarining sintezini amalga oshiruvchi genlarni joylashtirishmoqda… Immunolog mutaxassislarning va insonlarning onglarida “emlash insonning immunitet tizimini kuchaytirish uchun qilinadi”, degan fikr o‘rnashib qolgan. Ammo, chaqaloqlar 6-24 oy davomida passiv immunitet tizimiga ega bo‘lishadi. Bu davrda chaqaloqlarni kasalliklardan onaning suti bilan o‘tadigan antikorlar (antijismlar) himoya qilishadi.Bi-bi-si: Ammo, qoqshol (poliomielit) kabi kasalliklar tufayli qashshoq mamlakatda nobud bo‘lgan va agar shu emlash bo‘lmasa, nobud bo‘lajak bolalar soni yuz minglarcha ehtimol…Dunyo olimlari bu emlash ularning hayotini saqlab qolayotganini aytishadi.Oydin Solih: Odamlar qoqsholga qarshi emlash olish muhimligi haqidagi targ‘ibotlar bilan qo‘rqitiladi, ularga ko‘ra, har qachon bu virusni yuqtirish shollik va yo o‘limga olib keladi. Ammo, virus yuqtirganlarning 95 foizida kasallik alomatlari zohir bo‘lmaydi. Besh foizida engil badan qizishi, tumov va yo‘tal, ayrim holatlarda bosh og‘riq, qayt qilish, tomoq og‘rish va ich o‘tishi kuzatiladi. Umumiy holsizlik bo‘ladi. Faqatgina mingtadan bir kishida muskullar falajlanishi ro‘y beradi va bu ham aksariyat hollarida o‘zi o‘tib ketadi. Keyin bu insonda mustahkam immunitet shakllanadi. Shol faqatgina immunitet tizimini turfa dorilar bilan, masalan steroidlar, antibotiklar bilan kuchsizlantirganlarga va yo tug‘ma nozik odamlarga ta’sir qiladi. Poliomiletga qarshi emlash tadqiqotchi mutaxassislarda turfa xavotirli savollarni uyg‘otmoqda.Manba: “BBS” radiosi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ixtiyor sizda istasangiz tabibaning gapini qiling, istasangiz musulmon ulamolarning fatvosiga amal qiling.

28 Aprel 2022, 00:37 | Savol-javoblar | 200 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar