Qazo namozining tartib daftari

Assalomu alaykum! Ustozlar, Juma namoziga borganimda imomning maruzasida qazo namozlari to‘g‘risida bir ma’lumot aytdi. Uning aytishicha bir matematik ayol nomozxonlarga balog‘atga etgandan boshlab qoldirgan qazo namozlarini xisoblarini daftarga tartib bilan yozib beripdi. Bunga amal qilganlarda juda katta qiziqish paydo bo‘lib bir necha yilda xatto qazo namozlarini tugatishibdi. Ular ayolning oldiga borishsa, ayol aytibtiki bu shunchaki taxminiy edi, endi imkon bo‘lganda qazo namozlarini yana o‘qiyveringlar debti. Bundan maqsad insonlarda qiziqish va masuliyat paydo bo‘ladi. Biz xam shunday qilsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qazoni hisoblashni hech qanday qiyin joyi yo‘q. bir yilda 365 kun bo‘lsa shuni 6ga ko‘paytiriladi. Chiqqanini necha yil qoldirgan bo‘lsa o‘shanga ko‘paytiradi. Bismillah deb o‘qishni boshlaydi. Tugatishga ulgurmasdan vafot qiladigan bo‘lsa “falonchasi qoldi fidyasini to‘langlar” deb vafotidan oldin vasiyat qiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:00 | Savol-javoblar | 189 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar