Erkak gunohkor bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Bir do‘stim iltimos qildi so‘rab ber deb, bir ayolni eri ish bilan uzoq safarga ketgan bo‘lsa, ayol eriga ehtiyoj sezganida eri uning yonida yo‘q bo‘lsa, boshqa bir tanish erkakga xohishini bildirsa lekin erkak uni rad etsa erkak gunohkor bo‘ladimi? Uning aytishicha eshon buvalardan biri unga gunohi erkakga uradi, ya’ni shu ishni qilmasa, xohishini qoniqtirmasa, erkak gunohkor bo‘larkan. Bu qanchalik to‘g‘ri? Iltimos shunga oydinlik kiritib bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Eshonbuva rostdan aytganmi bu gapni yoki yo‘qmi bilmaymizu lekin zinoga chaqirganda erkak yo‘q desa gunohkor bo‘ladi deyish kufr hisoblanadi. Chunki haromligi Qur’onda ochiq-oydin bayon qilingan zino ishini qilmaslikni gunoh deyish kufrdir. Xalq orasidagi “bevani jinsiy hojatini qondirsang savob bo‘ladi” degan gap ham ayni kufrdir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:35 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar