Zuluk xijoma

Assalomu alaykum! Oyog‘im tag qismi ko‘p og‘rib turadi va bir joyda o‘qigan edim xijoma sunnat deb. O‘shanga zuluk bilan ikki oyog‘im boldiriga 1 donadan zuluk bilan xijoma qildirgan edim, 1-maksad oyok og‘rig‘iga foydali ekan, 2-maksad zuluk xijomasini sinab ko‘rish uchun. Zuluk xijomasida afsus xijomadan keyin bildim uch kun cho‘milib bo‘lmas ekan va o‘sha joyga suv tekkazib bulmas ekan, Xijoma qildirgani soat 11 larda kirdim va 12 dan o‘tgach chikdim shunda kon oqib turar ekan rosa kutdim to‘xtar deb lekin boldirda bo‘lganligi uchun o‘tirib turganda kon oqib chiqar ekan, peshinni kechiktirib faqat taxorat olib o‘qidim va o‘sha kundan beri fakat taxorat olib namozlarimni o‘qib kelebman xijomani joyiga leyka plastыr yopib tez-tez almashtirib turibman va mana bugun uch kun bo‘ldi shu xolat takrorlanebdi o‘sha joyni vrachlar aytganidek suv tekkazmay kelebman va bugun juma namoziga xam bormadim o‘tirib turganda kon biroz oqib chiketganligi uchun va o‘zimcha o‘yladimki namozxonga oyoq boldir qismidan xijoma qildirish kerak emas ekan sababi xar namozda va taxoratlarda o‘tirib turganda xijoma joyi bitishi qiyin bo‘lar ekan. Savol: yuqorida yozgan xolatimda o‘qigan namozlarim durust bo‘ldimi va men to‘g‘ri yo‘l tutdimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning holatingiz sohibi uzrning shartlariga muvofiq kelsa to‘g‘ri ish qilgansiz. Vallohu a’lam! Ushbu maqolani o‘qing: https://fiqh.uz/maqola/586 

27 Avgust 2022, 16:16 | Savol-javoblar | 207 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar