Baxti ochiladi deb ro‘zani ochib yuborish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin. Bizni yoshlik paytlarimizda buvilarimiz arafa kuni turmush qurmagan qizlar baxtini so‘rab niyat qilib tushlikda ro‘zasini ochib yuborishlari kerak der edi. Bunday xolatga shariatimizda hukmi qanday? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu fatvoni beruvchilar ro‘zasini ochdirgan barcha ro‘zadorlarning gunohini zimmalariga yuklab olgan bo‘ladilar. Shariatimizda falon kuni ertaroq ochiladi degan narsa yo‘q. Bu din dushmanlarining o‘ylab topgan makrlaridan biri. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:55 | Savol-javoblar | 187 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar