Qaynonam mendan rozi bo‘lishi uchun namozni tashlashim kerakmi?

Assalomu alaykum! Allohga shukr oilamizda xamma namoz o‘qiydi, shu qatorda men xam 2 farzandli kelinman namoz o‘qishimga xech kim qarshilik bildirmaydi, ammo qaynonam namoz o‘qishimni uncha xushlamaydilar. Sababi ayni namoz vaqtiga to‘g‘ri kelgan ishlar osh-ovqat va hokazolar. Ulgurishga xarakat qilaman ishlarimni tugatib kirishga, lekin baribir jaxllari chiqadi. Shusiz xam namoz vaqti o‘tay-o‘tay deb turgan paytda shoshib o‘qib olaman. Namoz o‘qiymanu ularning norozi tanbexlari eshitib gohida adashibam ketaman. Maslaxatingizga muxtojman faqat bomdodni o‘qib qo‘yaveraymi yoki qazo qilib o‘qib yuraveraymi? Ularni norozi qilishni xam Allohdan xam qo‘rqaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namoz o‘qish bilan o‘qimaslik jannat yoki do‘zaxni birini tanlash bilan barobardir. Xohlaganingizni tanlayvering. Qaynonangiz sizga uzr bo‘lolmaydi ham do‘zaxdan ham qutqarib qololmaydi. Insonlarga xayron qolasan, Alloh taolo farzandlar ota-onasini hurmat qilishini vojib amal qilib ota-onalarga izzat tojini kiydirdi. O‘z roziligini ularning roziligiga bog‘lab qo‘ydi. Ba’zi bir nonko‘r ota-onalar esa o‘sha izzat bergan Zotdan o‘zini ustun ko‘rishni boshladi. Bunday holatda nonko‘rlarga itoat qilinmaydi. Allohning O‘ziga itoat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا طَاعَةَ لِمْخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ. رَوَاهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ. متفق عليه  Hasandan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xoliqning ma’siyatida maxluqqa itoat yo‘q» – dedilar”. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. (Muttafaqun alayh)
Ya’ni, bandani rozi qilaman deb, Alloh taoloni norozi qiladigan narsani qilib bo‘lmaydi. Agar Alloh taolo musulmon qilib ota-onaga shu izzat tojini bermaganida g‘arbdagi kabi umrini xoru-zorlikda qariyalar uyida o‘tkazishar edi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:36 | Savol-javoblar | 132 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar