Zakolat

Assalomu alaykum! Men shu yil o‘zimga tegishlik uchastkamni bir odamga sotdim. Kelushivimiz mana bunday bo‘lgan edi. Joyni 100 mlnga kelishdik. Oldindan zakolat deb baraka deb 5mln berishdi. 60 mln pulni joyni kadastr xujjatini qilib bersangiz berami qolgan qismini xujjatlarni olib 3 oy o‘tgach beramiz deyishdi. Men rozi bo‘ldim. Kadastr xujjatlarini taqdim etdim. Ular menga 60mln so‘mni berishdi. Orada karantin bo‘lib qoldi. 3 oy vaqt o‘tgach. Pulni qaytaring iltimos farzandimni operatsiya qilmasak bo‘lmaydi deyishdi. Bergan zakolatimmiz yani 5mlndan yarmini olib qolavering deb aytishdi. Men raxmim kelganidan pulni qaytarib berdim. Qaytarib berganimda men roziman uzur deb 2.5 mln so‘mni qo‘limga berishdi. Savolim shuki bunday xolatda o‘zi nima qilishim kerak edi? Farzandlarini operatsiyasi zarurligiga xech kimdan maslaxat ola olmadim. Darrov olib borib berdim. Xozirda xar xil odamlar xar xil gap aytishyapti. Kimdir zakolat xammasini olib qo‘yasan desa. Kimdir joy ularga o‘tgan boshqatdan savdolashishing kerak edi deydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pulni to‘liq olmasingizdan avval va topshirmasingizdan avval ular bilan qayta savdolasholmaysiz. Zakladni ham qaytarib berishingiz kerak. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 15:36 | Savol-javoblar | 210 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar