Nogironlik nafaqasi

Assalomu alaykum! Ustozlar, 2 yoshdan oshgan o‘g‘limiz bor. O‘zi mustaqil turolmaydi, yurolmaydi, umurtqasida jarroxlik operatsiyasi o‘tkazilgan. Ko‘p kasal bo‘ladi. Xar oy oyog‘iga asab tolalariga davolatib muolaja qilamiz. Shifokorlar nogironlik ochib, davlat tomonidan beriladigan nafaqani olishimiz mumkinligini, nogironligini bildiruvchi xujjati bo‘lsa, ko‘p imkoniyatlar bo‘lishi, tibbiyot xodimlari aloxida e’tibor berishligini aytishdi. Lekin turmush o‘rtog‘im g‘ururi baland kelib nogironlik nafaqasini va davlat tomonidan beriladigan boshqa yordamlarni istamayapti. Juda boy emasmiz lekin bolam uchun qancha mablaq kerak bo‘lsa beraman deydilar. Bolani shifokorlarga doim men olib boraman, o‘zim davolataman, xo‘jayinim ishda bo‘lganligi uchun faqat zarur pulni beradilar, birga borolmaydilar. Keyingi oydan bizga nafaqa chiqar ekan. Xo‘jayinimning bundan xabari yo‘q. Shu pulni xo‘jayinimga aytmasdan olib, o‘qlimning extiyojlariga ishlatsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:35 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar