Chilla yosin

Assalomu alaykum! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Chilla Yosin qilish xaqida bid’at deb o‘qidim. Shu xaqida malumot bersangizlar iltimos. Biz oilamiz bilan tez tez shunaqa qib turardik. Bu ishimizni xammasi bid’at bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qur’onni ikki jihatdan o‘qiladi. Biri savob hosil bo‘lishi uchun tilovat qilish, ikkinchisi ruqiya sifatida o‘qib dam solish. Birinchisini biror adad, biror xos sura bidan qaydlanilmagan. Har kim bilganini o‘qiyveradi. Ikkinchisini bu ham davolanishning bir turi bo‘lgani uchun ba’zi bir dam solish bilan davolovchi kishilar tajribadan kelib chiqib bir necha bor va ba’zi xos sura va xos oyatlarni o‘qishni joriy qilishgan. Bu ham tibbiy davolanish kabi holat. Sizlar nima maqsadda o‘qishlaringizni avval aniqlab oling. Birinchi qism holatiga tushsangizlar sanog‘ini belgilab olish joiz emas. ikkinchisiga bo‘lsa joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:37 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar