Namoz nechi yoshdan farz kilingan

Assalomu alaykum! Qiz bolaga namoz 9 yoshdan farz qilinganmi yoki xayz ko‘rganidan keyinmi? O‘g‘il bolagachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! BALOG‘ATGA ETISh ALOMATLARI
O‘g‘il bolaning balog‘atga etganligining uch alomati:
1. Tushida bulg‘anishi;
2. Tushida bulg‘anmasada balog‘atga etmay uylangan bo‘lsa, maniy kelishi va ayolini homilador qilishi;
3. Ikki alomat topilmasa, o‘n besh yoshga to‘lishi bilan bolig‘ hisoblanadi.
Qiz bolaning balog‘atga etish alomatlari quyidagilardir:
1. Eng kami to‘qqiz yoshga kirganda hayz qonini ko‘rishi. Undan avval ko‘rgan qoni hayz hisoblanmaydi;
2. Tushida bulg‘anishi bilan;
3. Homilador bo‘lishi;
4. O‘n besh yoshga to‘lishi. Vallohu a’lam.

25 May 2022, 23:38 | Savol-javoblar | 162 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar