Shunday ko‘rinishda zakot bersa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh ilminginzni ziyoda qilsin. Kun.uz saytida tez-tez pulga muxtoj bemorlar haqida maqolalar chiqib turadi. Maqolada ularning plastik kartochka hisob-raqamlari va boshqa ma’lumotlar beriladi. Savolim: Alloh qodir qilgan zakotni ham hisobini chiqarib, plastik kartochkam orqali ularning hisob-raqamlariga o‘tkazsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo o‘sha bemorlarga etib borishi aniqligini bilish kerak. Haqiqatan bemor bo‘lsa va o‘ziga etib borishi aniq bo‘lsa, berish joiz. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 03:35 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar