Astroid tushishi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Ijtimoiy tarmoqlarda erga astroid tushadi va er parcha parcha bo‘lib ketadi qiyomat boshlanadi deyishyapti. Shu gap rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qiyomatni qachon bo‘lishini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi:  الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ الأَرْضَ فِرَاشاً وَالسَّمَاء بِنَاء وَأَنزَلَ مِنَ السَّمَاء مَاء فَأَخْرَجَ بِهِ مِنَ الثَّمَرَاتِ رِزْقاً لَّكُمْ فَلاَ تَجْعَلُواْ لِلّهِ أَندَاداً وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ۝ 22. U sizlarga erni to‘shak, osmonni bino qilgan va osmondan suv tushirib, u bilan sizlarga mevalarni rizq qilib chiqargan Zotdir. Bas, bilib turib, Allohga tengdoshlar qilmang.
Alloh taolo ushbu oyati karimada osmonni bu dunyo uyining mustahkam tomi qilib qo‘yganini va tashqaridan kelgan narsa hech qanday zarar qilmasligini bayon qiladi.
“Anbiyo” surasida ham: وَجَعَلْنَا السَّمَاء سَقْفًا مَّحْفُوظًا وَهُمْ عَنْ آيَاتِهَا مُعْرِضُونَ۝ 32. Va osmonni saqlangan shift qilib qo‘ydik. Ular esa Uning oyat(alomat)laridan yuz o‘giruvchidirlar.
deb marhamat qilgan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:39 | Savol-javoblar | 124 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar