Hadisdagi so‘zlar

Assalomu alaykum! "Dubbo", "Xantam", "Muqayyar" va "Naoqyr" so‘zlarining ma’nosi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 41-BOB. XUMUSNI* ADO ETISh IYMONDANDIR حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ الْجَعْدِ قَالَ: أَخْبَرَنَا شُعْبَةُ، عَنْ أَبِي جَمْرَةَ قَالَ: كُنْتُ أَقْعُدُ مَعَ ابْنِ عَبَّاسٍ، يُجْلِسُنِي عَلَى سَرِيرِهِ فَقَالَ: أَقِمْ عِنْدِي حَتَّى أَجْعَلَ لَكَ سَهْمًا مِنْ مَالِي، فَأَقَمْتُ مَعَهُ شَهْرَيْنِ، ثُمَّ قَالَ: إِنَّ وَفْدَ عَبْدِ الْقَيْسِ لَمَّا أَتَوُا النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «مَنِ الْقَوْمُ أَوْ مَنِ الْوَفْدُ؟» قَالُوا: رَبِيعَةُ. قَالَ: «مَرْحَبًا بِالْقَوْمِ - أَوْ بِالْوَفْدِ - غَيْرَ خَزَايَا وَلَا نَدَامَى». فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّا لَا نَسْتَطِيعُ أَنْ نَأْتِيَكَ إِلَّا فِي شَهْرِ الْحَرَامِ، وَبَيْنَنَا وَبَيْنَكَ هَذَا الْحَيُّ مِنْ كُفَّارِ مُضَرَ، فَمُرْنَا بِأَمْرٍ فَصْلٍ، نُخْبِرْ بِهِ مَنْ وَرَاءَنَا، وَنَدْخُلْ بِهِ الْجَنَّةَ. وَسَأَلُوهُ عَنِ الْأَشْرِبَةِ. فَأَمَرَهُمْ بِأَرْبَعٍ، وَنَهَاهُمْ عَنْ أَرْبَعٍ، أَمَرَهُمْ بِالْإِيمَانِ بِاللهِ وَحْدَهُ. قَالَ: «أَتَدْرُونَ مَا الْإِيمَانُ بِاللهِ وَحْدَهُ؟» قَالُوا: اللهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ. قَالَ: «شَهَادَةُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَأَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللهِ، وَإِقَامُ الصَّلَاةِ، وَإِيتَاءُ الزَّكَاةِ، وَصِيَامُ رَمَضَانَ، وَأَنْ تُعْطُوا مِنَ الْمَغْنَمِ الْخُمُسَ». وَنَهَاهُمْ عَنْ أَرْبَعٍ: عَنِ الْحَنْتَمِ، وَالدُّبَّاءِ، وَالنَّقِيرِ، وَالْمُزَفَّتِ. وَرُبَّمَا قَالَ الْمُقَيَّرِ. وَقَالَ: «احْفَظُوهُنَّ وَأَخْبِرُوا بِهِنَّ مَنْ وَرَاءَكُمْ». أطرافه: تحفة: 6524 - 21/1 Abu Jamradan rivoyat qilinadi: «Ibn Abbos bilan birga o‘tirgan edim, u meni o‘z so‘risiga o‘tirg‘izar ekan: «Menikida turgin, senga molimdan ulush ajratib beray», dedi. U kishi bilan birga ikki oy turdim. Keyin aytdi: «Abdulqays vakillari Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelganda, u zot: «Bu odamlar kim [yoki bu vakillar kim]?» dedilar. «Rabiy’a», deyishdi. U zot: «Ey vakillar [yoki ey odamlar], bexijolat va benadomat xush keldingiz!» dedilar. «Ey Allohning Rasuli! Biz oldingizga harom oylardagina kela olamiz, biz bilan sizning o‘rtamizda Muzor kofirlarining manavi qabilasi bor. Shu bois bizni qat’iy bir ishga buyuringki, uni ortimizdagilarga etkazaylik va shu sababli jannatga kiraylik!» deyishdi va u zotdan ichimliklar haqida so‘rashdi. Shunda u zot ularni to‘rt narsaga buyurib, to‘rt narsadan qaytardilar. Ularni yolg‘iz Allohga iymon keltirishga buyura turib: «Yolg‘iz Allohga iymon keltirish nima ekanini bilasizlarmi?» dedilar. «Alloh va Uning Rasuli biluvchidir», deyishdi. U zot: «Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Allohning Rasulidir», deb guvohlik berish, namozni to‘kis ado etish, zakot berish, Ramazon ro‘zasini tutish va o‘ljadan beshdan birini berishingizdir», dedilar. To‘rt narsadan – hantam*, dubbo*, naqiyr* va muzaffatdan* – (Ibn Abbos) ba’zida «muqayyar»* degan – qaytardilar. U zot: «Bularni eslab qoling va ortingizdagilarga buning xabarini bering», dedilar». * Xumus – o‘ljaning beshdan biri. * Hantam – loy, jun va qon aralashmasidan yasaladigan xum. * Dubbo – quritib, ichi o‘yilgan qovoq. * Naqiyr – quritib, ichini o‘yib, idish yasalgan xurmo ildizi. * Muzaffat – zift bilan bo‘yalgan idish. Mesh va sanoch kabi idishlarni suv o‘tmaydigan qilib mustahkamlash uchun ishlatiladigan elimsimon qora modda zift deb atalgan. * Muqayyar – qiyrlangan idish. Qiyr bir o‘simlik bo‘lib, quritib kuydirilgan va undan olingan modda bilan idishlar mustahkamlash maqsadida bo‘yalgan. Aslida «muqayyar» bilan «muzaffat» bitta narsa, ya’ni bir xil idish. Shuning uchun Ibn Abbos roziyallohu anhu gohida «muzaffat» so‘zi o‘rniga «muqayyar» so‘zini ishlatar edilar. Izoh: Bu hadisda mazkur idishlardan qaytarishning ma’nosi ularda nabiz tayyorlab ichishdan man qilishdir. Chunki ularda tayyorlangan nabiz mast qilish xususiyatiga ega bo‘lgan. «Nabiz» deb xurmo, mayiz kabi quruq mevalarni suvga ivitib, xamrga aylanmay turib iste’mol qilmnadigan ivitmaga aytiladi. Agar uning vaqti o‘tib ketsa, xamrga ya’ni mast qiluvchi ichimlikka aylanib qoladi.(“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:38 | Savol-javoblar | 155 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar