Suv sepishda onamning roziligi

Assalomu alaykum! Menga onam har kuni ertalab ko‘chaga suv sepishimni aytadilar. Savollardan birida bu narsa isrofgarchilik ekanligini o‘qidim. Onamga bu haqida xabar bersam, "odamlar duo qilishadi, insonning bahridili ochiladi-da" deydilar. Sepmasam ko‘ngillari hijr bo‘lib biroz o‘ksiydilar. Bu vaziyatda onamning roziligini olaymi yoki boshqa yo‘l tutishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘chadan o‘tuvchilarga yo‘ldagi tuproq va chang-to‘zon aziyat etkazayotgan bo‘lsa va bu zararni daf qilishning yagona chorasi unga suv sepib turish bo‘lsa, zarurat miqdoricha suv sepish joiz. Shunchaki chiroy uchun sepish bo‘lsa isrofga kirishidan qo‘rqish kerak. Vallohu a’lam!

10 Oktabr 2023, 01:01 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar